Drone EduTrain
Muammo
- O'zbek tilida tizimli dron metodikasi yo'q
- O'qituvchilarda dron ko'nikmalari yo'q
- Sanoat sohalarida dron mutaxassislari deyarli yo'q
Yechim
- Dronlar - 250 grammgacha, kamerasiz
- Metodika - 3 tilda darsliklar
- O'qituvchi - Maxsus tayyorlov kursi
- Servis - Doimiy texnik xizmat
Asoschilar
Dron va aerokosmik muhandislik sohasida 7 yillik tajriba. Toshkent Turin Politexnika universitetida boshlanib, Janubiy Koreyada magistratura va sanoat tajribasi bilan davom etgan yo'l. Hozirda o'sha universitetda o'qituvchi.
Sanoat tajribasi
SEESAW D&U Co., Ltd (Janubiy Koreya) - Researcher & Overseas Sales Manager, 2024-2026
- Koreyada 100 dan ortiq kompaniyaga ariza topshirib, ikkitasidan offer olgan va shu dron ishlab chiqaruvchi kompaniyani tanlagan
- Turli tipdagi dronlar bilan ishlagan, Koreya hukumatining bir necha ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish grantlarini yutgan loyihalarda faol qatnashgan
- Koreyadan turib O'zbekiston bozori bilan ishlagan: qanoti 2-3 metrli ikkita yirik VTOL dronini O'zbekistonga olib kelib sinovdan o'tkazgan, demonstratsiya qilgan va shartnoma tuzgan
Turin Polytechnic University in Tashkent - Lecturer, 2026-yildan hozirgacha
Ilmiy natijalar
Gyeongsang National University'ning Distributed Aerospace Systems and Control laboratoriyasida olib borgan tadqiqotlari nufuzli xalqaro jurnallarda chop etilgan:
- "Tilted Circumnavigation of Multiple Drones Around Multiple Targets" - IEEE Access, 2023. Bir nechta harakatlanuvchi nishonni qamrab oluvchi qiya aylana bo'ylab dronlar guruhini muvofiqlashtirish strategiyasi. Hammualliflar: Vladimir I. Shin, Yoonsoo Kim. Shu ish ICCAS 2023 xalqaro konferensiyasida ham taqdim etilgan
- "Bézier Curves for Smooth Entry into Elliptic Orbits" - International Journal of Aeronautical and Space Sciences, 25-jild, 2-son, 622-634-betlar, 2024. SCIE va SCOPUS indeksli
Xalqaro tanlovlar
- Doha Oasis for Innovation xalqaro forumi (Qatar) - kumush medal, O'zbekiston nomidan qatnashgan
- Koreya Summer School tanlovi - 1-o'rin. Loyiha: dronlar yordamida Orol dengizi suv sathini va qurigan hududlarda ekilgan saksovullarning o'sish holatini monitoring qilish tizimi. Natijalar bo'yicha ilmiy maqola o'sha yili konferensiyada chop etilgan
Ta'lim va grantlar
- Toshkent Turin Politexnika universiteti - Bakalavriat
- Gyeongsang National University, Janubiy Koreya - Mechanical & Aerospace Engineering, magistratura (2020-2022). Tadqiqot mavzusi: Multiple Drone Control Systems
- Global Korea Scholarship (GKS) - Koreya hukumatining to'liq moliyalashtiriladigan granti, ikki marta qo'lga kiritilgan: 2019 (Summer School) va 2020 (magistratura)
- $5,000 lik universitet granti - 2-kursda, bir yillik kontrakt uchun 100% qoplash
- UzAuto granti - 4-kursda tanlovda g'olib (shartlar rejalariga mos kelmagani uchun o'zi voz kechgan)
- "Best Graduate Student Award" - magistraturani yuqori natijalar bilan tugatgani uchun universitet rahbariyati mukofoti
- Koreys tili TOPIK 3 (o'rta daraja)
Nima uchun aynan bu loyiha
Ikki yil davomida O'zbekiston tashkilotlariga professional dron sotishga urinib ko'rgan va amalda sotuv bo'lmaganini o'z tajribasidan bilib olgan. Xulosasi: bozorni ochadigan narsa qurilma emas, ta'lim - umumiy fundamental dron bilimlarini shakllantirish keyingi eshiklarni ochadi. Shu maqsad bilan 2026-yil boshida Koreyadan qaytgan.












