CARLINK
Muammo
- Har bir lead qimmatga tushadi
- Mijoz bazasi ishlatilmay yotadi
- Follow-up qo'lda, shuning uchun uziladi
Yechim
- Integratsiya - Central Dispatch, Super Dispatch
- Aloqa - VoIP va SMS tizimlari bilan
- Analitika - Har bir lead provayderning foydasi
- AI agent - Quote'dan shartnomagacha
Asoschilar
AQSh avto-transport logistikasida ishlaydigan to'rtta kompaniyaning asoschisi va rahbari. CARLINK'ni tashqaridan kuzatib emas, o'z bizneslarida har kuni duch keladigan muammodan qurgan. 5 yillik biznes boshqaruvi tajribasi Amerika logistika kompaniyalarida, 2 yillik texnik tajriba IT loyihalaridan.
Tadbirkorlik tajribasi
AQSh avto-transport bozorida faoliyat yurituvchi uchta kompaniyaning hammuassisi, sherigi va direktorlar kengashi a'zosi:
- United Freeway Transportation
- Royal Auto Ship
- Neptune Auto Transport
Bundan tashqari Car Leads Media asoschisi - AQSh bozorida aynan shu logistika yo'nalishidagi bizneslar uchun lead ishlab chiqaruvchi firma.
Ya'ni u bir vaqtning o'zida CARLINK'ning maqsadli mijozi ham, sotuvchisi ham. Mahsulot avval o'z kompaniyalarida sinovdan o'tgan, keyin bozorga chiqarilgan.
Texnik roli
CEO bo'lsa-da, texnik jarayonni bevosita nazorat qiladi: kod o'zgarishlarini tekshiradi, ma'lumotlar xavfsizligini kuzatadi va vazifalarning deadline bo'yicha bajarilishini boshqaradi.
Yutuqlar
- Bakalavr davrida universitetning ichki va tashqi startap tanlovlarida qatnashib sovrindor bo'lgan, jumladan "Startup Initiatives" tanlovi va akseleratsiya dasturi
- CARLINK'da 5 oy ichida foydalanuvchi kompaniyalar sonini 5 taga, kunlik foydalanuvchilarni ~70 taga va oylik takrorlanuvchi daromadni $6,145 ga olib chiqqan
- Silicon Valley Residency Program 2026 dasturiga qabul qilingan (Alchemist Accelerator va Silkroad Innovation Hub tashkil etgan)
Ta'lim
- Ipak Yo'li Turizm Xalqaro Universiteti - Turizm Logistikasi, bakalavr va magistratura, ikkalasi ham tugatilgan
- University of Brighton (Buyuk Britaniya) - Master of Science dasturiga qabul qilingan
- IELTS: 8.0
Nima uchun aynan bu loyiha
Asoschining o'z ifodasi: "Biz sohadagi muammolarni taxmin qilgan holda emas, his qilgan, boshimizdan o'tkazgan holda yechim beryapmiz." Yechim allaqachon uning o'z kompaniyalarida ishlaydi - CARLINK shu sinalgan tizimni bozorga chiqarish.
Logistika sohasida sotuv, biznes rivojlantirish va marketing bo'yicha qariyb olti yillik tajribaga ega mutaxassis. Rustam bilan birgalikda bir nechta brokerlik kompaniyalarini asos solgan; ikkalasi CARLINK'dan oldin ham bir necha yil biznes sherik sifatida yaqin ishlagan.
Nordic University tashkil etgan maxsus MBA dasturini tamomlagan. Silicon Valley Residency Program 2026 dasturiga ham qabul qilingan (Alchemist Accelerator va Silkroad Innovation Hub tashkil etgan).
Hozir AQShda yashaydi va CARLINK'ning sotuv va biznes rivojlantirish ishlarini olib boradi.















