Biz kelajakni quramiz
UzCombinator haqida
UzCombinator nima?
UzCombinator - g‘oyani 45 kunda investor ko‘rmoqchi bo‘lgan kompaniyaga aylantiradigan akselerator. Mahsulot, birinchi mijozlar va sarmoya - nazariya emas, o‘zi kompaniya qurgan mentorlar bilan, faqat natijaga qaraydigan muhitda.
Avvalo - asoschi
Biz g‘oyani emas, uni qiladigan odamni tanlaymiz. Dastur ham shu odam atrofida quriladi.
Juma kuni natija
Har hafta bitta maqsad. Juma kuni ko‘rsatadigan narsa bo‘lmasa - hafta bo‘lmagan.
Bir xonada
Mamlakatning eng qat’iyatli jamoalari bilan yonma-yon. Raqobat ham, yelka ham.
Chegarasiz
Toshkentda quriladi, dunyo bozoriga sotiladi. Mahalliy bozor - boshlanish, yakun emas.
UzCombinator raqamlarda
5,036
ariza topshirildi
Har bir nuqta - bitta ariza. 1-mavsumda 1,453, 2-mavsumda 3,583.
55
startap qabul qilindi
Har 90 arizadan taxminan bittasi. Suhbatdan o‘tgan jamoalar 45 kunlik dasturga kiradi.
45
kun
Olti hafta. Har haftada bitta aniq maqsad, bitta mentor - va hafta oxirida ishlaydigan natija.
$960,000
investorlardan jalb qilindi
1-mavsumda 16 startap sahnadan sarmoya bilan tushdi. Eng katta yakka investitsiya - $150,000.
Nega aynan UzCombinator?
Bu kurs emas. 45 kun ichida startapingiz investor ko‘rmoqchi bo‘lgan holatga keladi - pul, odam va sahna bir joyda.
- 01
$1000 stipendiya
45 kun pul haqida emas, mahsulot haqida o‘ylaysiz.
- 02
Haftada bir mentor
O‘zi kompaniya qurgan odam bilan yakkama-yakka. Nazariya emas - bosib o‘tilgan yo‘l.
- 03
Demo Day
Zalda chek yozadigan investorlar o‘tiradi. 1-mavsumda 16 startap o‘sha kuni sarmoya oldi.
- 04
Hamjamiyat
55 startap, kouchlar va investorlar - dastur tugagach ham telefoningizda qoladi.
- 05
Har hafta natija
Juma kuni ko‘rsatadigan narsa bo‘lishi shart. Reja emas - ishlaydigan narsa.
- 06
Global bozor
Toshkentdan boshlanadi. Chegarada to‘xtamaydi.
Qanday ishlaydi
Arizadan Demo Day’gacha - besh qadam.
- 01
Ariza
10 daqiqa
Taqdimot kerak emas - nima qurayotganingizni o‘z so‘zingiz bilan yozasiz.
- 02
Suhbat
30 daqiqa, yuzma-yuz
Bizni g‘oya emas, uni qiladigan odam qiziqtiradi.
- 03
45 kun
6 hafta
Har hafta bitta maqsad, bitta mentor. Juma kuni ko‘rsatadigan narsa bo‘lishi shart.
- 04
Demo Day
3 daqiqa, zalda investorlar
Sahnaga biz bilan birga tayyorlanasiz.
- 05
Keyin
Umrbod
Dastur tugaydi, eshik yopilmaydi: hamjamiyat, investorlar, keyingi raund.
55 startap, ikki mavsum
Barchasini ko‘rishKim bilan ishlaysiz
Jamoa, mentorlar va investorlar - 45 kun davomida shu odamlar bilan bir xonada bo‘lasiz.

Firdavs Urinov
Mentor

Sardor Umirdinov
Mentor

Safina Teshaboyeva
Mentor

Alisher Tojiyev
Mentor

Mavlonbek Murodov
Mentor

Sardor Akhmedov
Mentor

Farhod Norboyev
Mentor

Bunyodbek Jumanazarov
Mentor
Yangiliklar va suhbatlar
Uch foydali vosita
Sertifikatni tekshiring, startapingizning bahosini chamalang, bitiruvchi bo‘lsangiz — belgini oling.





































































































































