UzCombinator
UZ
EN
Startaplar katalogi

Hamroh IO

Kompyuter foydalanuvchilari uchun AI qurilma
Ochiq ish o‘rinlari0Yangiliklarda3hamrohio.uz
Hamroh - kompyuterda ishlaydigan insonlarga kunini rejalashtirish, diqqatini jamlash va foydali odatlarni shakllantirishga yordam beradigan aqlli ish stoli yordamchisi. U kompyuter ilovasi va monitorga o‘rnatiladigan kichik qurilmani birlashtirib, vazifalar, eslatmalar va ish vaqtini doim ko‘z oldida ushlab turadi. Natijada foydalanuvchi har kuni kamroq chalg‘ib, muhim ishlarni vaqtida bajaradi va unumdorligini oshiradi.

Muammo

Talabalar, mutaxassislar va masofadan ishlovchilar kun davomida vazifalar, bildirishnomalar va ijtimoiy tarmoqlar orasida diqqatini yo'qotmoqda. Vazifalar turli ilovalarda qolib ketadi, eslatmalar tezda e'tibordan chiqadi.
  • Muhim ishlar kechikadi
  • Fokus buziladi
  • Band bo'lsa ham natija chiqmaydi

Yechim

Desktop ilova va monitorga o'rnatiladigan kichik qurilmani birlashtiradi. Vazifalar, eslatmalar va ish vaqti doim ko'z oldida turadi.
  • Qurilma - Monitor yoniga o'rnatiladi
  • Fokus taymeri - Ish holatini ko'rsatadi
  • Eslatmalar - Ko'z oldida qoladi
  • Odatlar - Kunlik takrorlanuvchi ishlar

Asoschilar

Nurbek Po'latov
Hamroh IO, Asoschi va CEO

Robototexnikani maktab davridan boshlab o'rgangan va o'sha paytdanoq hardware startap qurishni maqsad qilib qo'ygan muhandis. 6 yillik robototexnika tajribasi, universitetda sun'iy intellekt yo'nalishi. Hamroh'ning ham hardware, ham software qismini to'liq o'zi quradi. Rossiyada o'tkazilgan RoboWar musobaqasida Top-5 jamoa qatorida, ICPC bo'yicha O'zbekistonda 2-o'rin.

Pedagogik tajriba

Rahimov School - Robototexnika fanidan o'qituvchi (universitetda o'qish davomida)

O'quvchilar bilan turli amaliy loyihalar qilgan. Hozir ham shu chiziq davom etadi: Hamroh'ning dizayn, 3D model va animatsiyalarini uning 6-sinf o'quvchisi tayyorlaydi.

Texnik ekspertiza

Faoliyati davomida software va hardware yo'nalishlarida ko'plab loyihalar qilgan:

  • ESP32 asosida real hardware qurilmalar ishlab chiqqan
  • macOS uchun desktop ilova yaratgan
  • Backend tizimlar qurgan

Hamroh'da bu uchala qatlam birlashadi - ishlaydigan hardware prototip, u bilan integratsiya qilingan desktop ilova va sinovdan o'tkazilgan real foydalanish senariylari.

Xalqaro va respublika yutuqlari

  • RoboWar musobaqasi (Rossiya) - jamoa Top-5 eng yaxshi komanda ro'yxatiga kirgan
  • ICPC (xalqaro sport dasturlash) - O'zbekiston bo'yicha 2-o'rin bilan Qozog'istonda o'tkazilgan musobaqada qatnashgan

ICPC dunyodagi eng nufuzli talabalar dasturlash musobaqasi hisoblanadi va milliy bosqichda ikkinchi o'rin jiddiy algoritmik tayyorgarlikni bildiradi.

Ta'lim

Sun'iy Intellekt yo'nalishi bo'yicha oliy ta'lim. Embedded system yo'nalishida ham tahsil oladi.

Robototexnikani maktab davridanoq mustaqil o'rgana boshlagan - ya'ni sohaga kirishi ta'limdan oldin bo'lgan.

Nima uchun aynan bu asoschi

Uning o'z formulasi uchta bandga tayanadi:

Full-stack + hardware qobiliyati - ko'p startaplarda bu birikma yo'q. Odatda jamoa yo dasturiy ta'minotni biladi, yo qurilmani; ikkalasini bir odam olib borishi kam uchraydi.

Muammoni ichidan bilish - chalg'ish va fokus muammosi uning o'z tajribasidan chiqqan.

Tez iteratsiya - g'oyadan mahsulotgacha bo'lgan masofani qisqa vaqtda bosib o'tadi.

Yangiliklarda

  • 26-oktabr, 2026Va nihoyat UzCombinator akseleratsiyasining 2-mavsumi ham öz nihoyasiga yetdi!
  • 24-oktabr, 2026Hamroh IO - $40,000
  • 11-oktabr, 2026HAMROH KERAKMI?

Ochiq ish o‘rinlari

Hozircha ochiq ish o‘rni yo‘q.
Backed by UzCombinator

Boshqa startaplar

Hammasi →
  • Corobox
  • 1Mahalla
  • AmuFlow
  • Apollo
  • Binova
  • CARLINK
  • CoreAI
  • CropSCOUT
  • Drone EduTrain
  • Growmock
  • GVERA Technologies
  • HabitKid