UzCombinator
UZ
EN
Startaplar katalogi

AmuFlow

Sun’iy yo‘ldosh orqali sug‘orishni boshqarish
Ochiq ish o‘rinlari0Yangiliklarda1amuflow.org
AmuFlow - mavjud kanal tizimlari uchun hech qanday qo'shimcha datchik yoki apparat vositalarisiz (zero-hardware), ochiq manbali sun'iy yo'ldosh va tuproq ma'lumotlarini sun'iy intellekt orqali tahlil qilib, kunlik optimal sug'orish rejasini taqdim etuvchi dasturiy platformadir.

Muammo

Sug'orish hamon sovet davridan qolgan qat'iy kalendar rejasiga tayanadi: suv ob-havodan qat'i nazar, faqat belgilangan kunda ochiladi. Sug'orishdan keyin yomg'ir yog'sa, ekin ildizi ortiqcha namlikdan stressga tushadi va tonnalab suv isrof bo'ladi.
  • 25% Qishloq xo'jaligi YIM ulushi
  • 90% Suv resurslari iste'moli
  • $5,000 Raqobatchi datchik narxi

Yechim

Bitta ilovada beshta vosita: moliya, jurnal, eslatmalar, tahlil va AI maslahatchi; har bir dala bo'yicha rentabellik va sug'orish maslahati o'zbek tilida.
  • Moliya - Har bir dala bo'yicha rentabellik
  • Jurnal - Fermerning o'z dala yozuvlari
  • Eslatmalar - Qachon va qancha sug'orish
  • Tahlil - Har bir dala bo'yicha sun'iy yo'ldosh ma'lumotlari
  • AI maslahatchi - O'zbek tilida aniq maslahat

Asoschilar

Alisher Ortikov
AmuFlow, Texnik asoschi

Kvant hisoblash va full-stack muhandislik kesishmasidagi dasturchi. Dunyoning ikkita yetakchi texnik universitetida tahsil oladi, IBM'ning rasmiy Qiskit Advocate maqomiga ega va ochiq kodli kutubxonalar muallifi. 5+ yillik full-stack tizimlar ishlab chiqish tajribasi, uchta startapda texnik yetakchi bo'lgan.

Professional tajriba

Teambl - Software Engineer

Yuqori yuklamalarga chidamli (scalable) full-stack tizimlarni loyihalashtiradi va productionga chiqaradi.

Hozirda Seulda IT mutaxassisi lavozimida qisqa muddatli ishda.

Bundan oldin uchta startapda texnik yetakchi bo'lib ishlagan.

Ochiq kodli hissasi

  • telegraf-pagination - Telegraf plaginidan foydalanuvchi interfeysini soddalashtiradigan kutubxona. npm registrida rasmiy chop etilgan, 15 ta versiya relizi qilingan (oxirgisi 1.4.1). Dasturchilar hamjamiyatida faol foydalaniladi
  • imake-bot platformasi muallifi

Kasbiy e'tirof

  • IBM Qiskit Advocate - IBM'ning kvant hisoblash sohasidagi rasmiy elchilar dasturi. Bu maqom hisoblash texnologiyalarini rivojlantirish va dasturiy yechimlarni targ'ib qilishdagi faollik uchun beriladi
  • "Quantum Excellence" darajasi - IBM Qiskit tomonidan 2025-yilda o'tkazilgan yozgi maktabda

Xalqaro tanlovlar

  • Quandela Hackathon Challenge (kvant hisoblash bo'yicha xalqaro musobaqa) - moliyaviy prognozlash loyihasi bilan Top-5
  • MIT iQuHack qatnashchisi
  • NYUAD Hackathon qatnashchisi

Ta'lim

  • KAIST, Janubiy Koreya - tadqiqot va injiniringga ixtisoslashgan, dunyo Top-100 universiteti
  • EPFL, Shveytsariya - dunyo Top-25 universiteti

Nima uchun aynan bu loyiha

AmuFlow hal qilayotgan muammo asoschi uchun shaxsiy: u qurib borayotgan Orol dengizi mintaqasidagi Xorazm vohasining farzandi. Suvni tejash va sug'orishni optimallashtirish uning o'zi o'sgan hududning eng og'riqli masalasi.

Alisher Ilhamov
AmuFlow, CEO

Yangiliklarda

  • 13-oktabr, 2026Qishloq xo‘jaligida eng muhim qarorlar qanday qabul qilinadi?

Ochiq ish o‘rinlari

Hozircha ochiq ish o‘rni yo‘q.
Backed by UzCombinator

Boshqa startaplar

Hammasi →
  • Apollo
  • CropSCOUT
  • SpaceAgro
  • 1Mahalla
  • Binova
  • CARLINK
  • CoreAI
  • Corobox
  • Drone EduTrain
  • Growmock
  • GVERA Technologies
  • HabitKid