UzCombinator
UZ
EN
Startaplar katalogi

GVERA Technologies

G'oyalarni hardware va deeptech mahsulotlarga aylantiruvchi AI platforma
Ochiq ish o‘rinlari0Yangiliklarda0gvera.app
GVERA - g'oyani haqiqiy ishlaydigan hardware mahsulotga aylantiruvchi AI platforma. Foydalanuvchi g'oyasini ovoz yoki matn orqali tushuntiradi, GVERA esa eskiz, CAD, kod, PCB, simulyatsiya va veb-saytni bitta platformada yaratadi: talaba, tadbirkor yoki ixtirochi ixtirosini oylar yoki yillar emas, soatlar yoki kunlar ichida yaratadi.

Muammo

Hardware g'oyasini real prototipga aylantirish 3-12 oy vaqt, $20,000 gacha xarajat va CAD, dasturlash, simulyatsiya hamda PCB dizayni kabi 10+ bir-biriga bog'lanmagan vositani bilishni talab qiladi.
  • Hardware prototipi o'rtacha 3-12 oy oladi
  • Kamida $4,000-$20,000 turadi
  • 10+ bir-biriga bog'lanmagan vosita kerak: CAD, kod, simulyatsiya, PCB
  • Ularni o'zlashtirish 3-5 yil oladi, shuning uchun ko'p g'oyalar amalga oshmaydi

Yechim

Foydalanuvchi g'oyasini ovoz orqali tushuntiradi, GVERA esa chizma (CAD), dastur kodi, simulyatsiya va elektron platani avtomatik yaratadi. Muhandis bo'lish shart emas.
  • CAD - 3D chizma avtomatik
  • Kod - Boshqaruv dasturi
  • Simulyatsiya - Sinovdan o'tkazish
  • PCB - Elektron plata dizayni
  • Eskiz - Ovoz yoki matndagi tavsifdan
  • Veb-sayt - Mahsulot uchun sayt

Asoschilar

Sardorjon Ibrokhimjonov
GVERA Technologies, Asoschi va CEO

GVERA asoschisi va CEO'si. Texnologiya, moliya va davlat sohalarida 2 yillik professional tajriba: IT Park'da infratuzilma menejeri, NurInvest'da kapital tahlilchisi (Equity Analyst) va hokim maslahatchisi (AI bo'yicha). AI, EdTech, hardware va e-commerce yo'nalishlarida startaplar qurgan.

GVERA'da mahsulot, biznes va strategiyani boshqaradi, shu bilan birga texnik jamoa bilan mahsulot funksiyalarini o'zi ham ishlab chiqadi. NurInvest'da fundamental, texnik, risk va makroiqtisodiy tahlil asosida investorlar uchun investitsiya g'oyalarini tayyorlagan.

Beshta xakaton va startap dasturida qatnashgan, xalqaro VC'larga pitch qilgan; avvalgi loyihalaridan biri $4K moliyalashtirish olgan, e-commerce MChJ'ni tashkil etib boshqargan. SCO yoshlar innovatsiya va tadbirkorlik tanlovining O'zbekiston milliy bosqichida 1-o'rin. DraperU Acceleration Batch 33, The Alchemist 2026 va Seaside Startup Summit 2026 dasturlariga tanlangan. Toshkentdagi Westminster xalqaro universiteti, Business Information Systems (BSc Hons).

Farhodjon Mirzashirinov
GVERA Technologies, Hammuassis va CMO
Saidumar Sardorov
GVERA Technologies, CTO

Yangiliklarda

Hozircha yangilik yo‘q.

Ochiq ish o‘rinlari

Hozircha ochiq ish o‘rni yo‘q.
Backed by UzCombinator

Boshqa startaplar

Hammasi →
  • CoreAI
  • Jilo AI
  • Tracepo
  • Flow
  • 1Mahalla
  • AmuFlow
  • Apollo
  • Binova
  • CARLINK
  • Corobox
  • CropSCOUT
  • Drone EduTrain