UzCombinator
UZ
EN
Startaplar katalogi

Growmock

IELTS, SAT va DTM fanlari uchun AI mock test platformasi
Ochiq ish o‘rinlari0Yangiliklarda3app.growmock.uz
GrowMock - AI texnologiyasi bilan international imtihonlarga (IELTS, SAT) va DTM fanlaridan mock test platformasi. Talabalar haqiqiy imtihon muhitida mashq qiladi va natijalarini 1 zumda olishadi. Speaking va Writing bo'limlari AI tomonidan avtomatik baholanadi. 60k+ foydalanuvchi mavjud

Muammo

Asoschining o'quv markazi bir yilda o'quvchilarining katta qismini yo'qotdi - sabab natijasizlik: qanchalik kuchli o'qitilmasin, natija sezilmasdi. IELTS mock testlari faqat Urganchda, 50 km narida edi; milliy sertifikat bo'yicha mock namunalari umuman yo'q, mavjudlari eski saytlardagi, AI tuzgan va mantiqsiz edi.
  • Natijani imtihondan oldin o'lchash imkoni yo'q
  • Mock testlar viloyatlarda deyarli yo'q
  • Milliy sertifikat uchun sifatli namunalar yo'q

Yechim

GrowMock - IELTS, SAT va DTM fanlaridan AI mock test platformasi. Talaba haqiqiy imtihon muhitida mashq qiladi va natijasini bir zumda oladi; Speaking va Writing bo'limlarini AI avtomatik baholaydi.
  • Haqiqiy muhit - Imtihon formatida mashq
  • Bir zumda natija - Test tugashi bilan
  • AI baholash - Speaking va Writing bo'limlari
  • Malakali testlar - Testlarni o'qituvchilar tuzadi

Asoschilar

Mehriniso Xudayberganova
Growmock asoschisi

O'n olti yoshida "Grow Academy" o'quv markazini ochib, 500 dan ortiq talabani o'qitgan asoschi. O'n yoshida ilk kitobini nashr ettirgan, mualliflik kitoblari 10 000 nusxadan ortiq sotilgan. GrowMock - bozor tahlilidan emas, o'z o'quv markazida boshdan kechirilgan aniq muammodan tug'ilgan mahsulot.

Tadbirkorlik tajribasi

Grow Academy - asoschi, 2024-2025

16 yoshida ochgan o'quv markazida 500 dan ortiq talaba ta'lim olgan. Markaz Kimyo Xalqaro Universiteti, Urganch davlat universiteti va Qoraqalpog'iston harbiy litseyi bilan hamkorlikda ishlagan.

Marketing yo'nalishida Davronbek Turdiyev jamoasi bilan ("Super miya" kursi sotuvida) hamda xalqaro jamoalarda faoliyat yuritgan.

Ijodiy va xalqaro faoliyat

  • 10 yoshida kitob nashr ettirgan, mualliflik kitoblari 10 000+ nusxada sotilgan
  • Ijodiy ishlari 50 dan ortiq davlatda - jumladan Germaniya, AQSh va Britaniya nashrlarida - e'lon qilingan
  • 20 dan ortiq xalqaro tashkilot a'zosi, 5 dan ortiq elchilik roli
  • Abu-Dabi, Hindiston, Turkiya va boshqa shaharlardagi konferensiyalarda qatnashgan

Yutuqlar

Platforma may oyida ishga tushgan va ilk oylardayoq natija ko'rsatgan:

  • 60 000 ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi, kunlik 3-10 ming faol
  • O'suvchi daromad trendi: iyunda 12 mln so'm, iyulning ilk 15 kunidayoq 9 mln so'm
  • 400 ta oylik obunachi (47 ming so'mlik tarif) va $200 lik paketlarda 7 ta o'quv markaz - B2C va B2B kanallarning ikkalasi ham ishlayapti
  • Oylik xarajat atigi $120 (domen, servis, AI integratsiya), 7 oylik runway - tashqi investitsiyasiz
  • Platforma ishga tushishi bilan atrofdagi o'nlab o'quv markazlari uni faollashtirgan

Nima uchun aynan bu loyiha

Asoschining o'z ifodasi: "Balki kulgili eshitilar, ammo men 3 yildan beri o'quv markaz boshqaraman, 10 yoshimda kitob nashr qilganman - ta'limda nima muammo borligini tushunaman. Soha ichidaman."

Muammo shaxsan boshdan kechirilgan: o'z o'quv markazi bir yil ichida natijasizlik sabab o'quvchilarini keskin yo'qotgan - eng yaqin IELTS mock testlari 50 km uzoqlikdagi Urganchda o'tkazilardi, milliy sertifikat bo'yicha esa sifatli mock namunalari umuman yo'q edi. U yechimni kutmasdan o'zi qurgan.

Jamoada texnik ijro aniq taqsimlangan: Asadbek Qulboyev - dasturchi, avval IT kompaniyada 4 yil ishlagan; Jumaniyozova Nilufar - texnik mutaxassis, 4 yildan beri texnik sohada, avval xususiy maktablarda ishlagan. Jamoa 5 oydan beri birga, oxirgi 2 oy to'liq bandlikda. Mahsulot printsipi ham aniq: testlarni AI emas, malakali o'qituvchilar tuzadi - AI esa topshirish, tekshirish hamda Speaking va Writing baholashni to'liq avtomatlashtiradi.

Yangiliklarda

  • 26-oktabr, 2026Va nihoyat UzCombinator akseleratsiyasining 2-mavsumi ham öz nihoyasiga yetdi!
  • 24-oktabr, 2026GrowMock - $100,000

Ochiq ish o‘rinlari

Hozircha ochiq ish o‘rni yo‘q.
Backed by UzCombinator

Boshqa startaplar

Hammasi →
  • StemX AI research
  • AviLingo
  • Fonus Kids
  • Lumi
  • Zehnly AI
  • 1Mahalla
  • AmuFlow
  • Apollo
  • Binova
  • CARLINK
  • CoreAI
  • Corobox