UzCombinator
UZ
EN

Demo Day

$3 115 000ikki Demo Day'da jami
$2 155 0002-mavsum Demo Day'i
$960 0001-mavsum Demo Day'i
2.2×1-mavsumdan o‘sish
29startap investitsiya oldi

45 kunlik yo‘lning so‘nggi kuni

UzCombinator'ga qabul qilingan asoschilar 45 kun davomida mentorlar va trekerlar bilan yonma-yon ishlaydi: mahsulotni sinaydi, birinchi mijozlarini topadi, raqamlarini o‘stiradi.

Demo Day shu yo‘lning yakuniy sahnasi. Har bir asoschi startapini venchur fondlar va angel investorlar oldida taqdim etadi. Kimdir uchun bu birinchi investitsiya, hamma uchun esa katta qadam.

  1. 01QabulArizalar orasidan tanlangan jamoalar
  2. 0245 kunMentorlar, trekerlar va ofis bilan har kungi ish
  3. 03Demo DayVenchur fondlar va angel investorlar oldida taqdimot
2-mavsum Demo Day

022-mavsum · 23-oktabr, 2026

Investorlar ko‘proq ishondi

Ikkinchi Demo Day Founders Cafe'da bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev ochib berdi, sahnada yana Teacher A'zam. 23 asoschi investorlar oldiga chiqdi va natija birinchi mavsumdan 2.2 barobar oshdi. Core AI $800 000 bilan eng yirik chek rekordini yangiladi: o‘tgan mavsumda bu ko‘rsatkich $150 000 edi.

$2 155 000
jami jalb qilindi
23
asoschi pitch qildi
$800 000
eng katta chek, Core AI
  1. 15:00Alisher Sa'dullayev Demo Day'ni ochib berdi
  2. SahnadaUzCombinator asoschilari ikki mavsum natijalari va xulosalari bilan bo‘lishdi
  3. Birinchi pitchTimePay boshlab berdi, ortidan yana 22 asoschi chiqdi
  4. NatijaDemo Day kuni $2 075 000, undan oldin $80 000: 17 startap jami $2 155 000 jalb qildi
2-mavsum Demo Day
2-mavsum Demo Day
2-mavsum Demo Day

011-mavsum · 17-mart, 2026

Hammasi shu kundan boshlandi

UzCombinator tarixidagi birinchi Demo Day. 45 kunlik yo‘ldan so‘ng asoschilar ilk bor investorlar oldiga chiqdi, sahnani Teacher A'zam boshqardi. Natijada 29 startapdan 12 tasi jami $960 000 investitsiya oldi. Eng katta chek, $150 000, Business Robots AI'ga tegdi.

$960 000
jami jalb qilindi
12 / 29
startap investitsiya oldi
$150 000
eng katta chek
  1. 14-mart«Yorvoraman»: Demo Day oldidan Azizbek Kurbonov bilan pitch workshop
  2. 17-martDemo Day: asoschilar investorlar oldiga chiqdi
  3. O‘sha oqshomY Combinator'ga qabul qilingan ilk o‘zbek asoschi Sardor Rahmatullaev asoschilarimiz bilan iftorda uchrashdi
  4. 26-martAloqa Ventures uchrashuvida Fonus Kids ham soft commitment oldi; jami 12 startap $960 000 jalb qildi
Summalar Demo Day kuni berilgan soft commitment'lar.Natijalar posti
1-mavsum Demo Day
1-mavsum Demo Day
1-mavsum Demo Day

Reyting

Ikki mavsumda investitsiya olgan startaplar asoschilari, summa bo‘yicha.

Investorlar

2-mavsum Demo Day'ida asoschilarimizga ishonch bildirgan investorlar.

  1. 01Yoshlar Ventures$1 080 000
  2. 02Angel investorlar$450 000
  3. 03Aloqa Ventures$300 000
  4. 04SQB Ventures$200 000
  5. 05Agro Ventures$45 000
  6. 06United Ventures$40 000
  7. 07Nexus Club$25 000
Investorlar
Investorlar
Investorlar

Demo Day'dan lavhalar

3-mavsum

Keyingi sahna sizniki

Ikki mavsumda 5 000+ ariza keldi, 62 asoschi akseleratsiyaga qabul qilindi va ular Demo Day'larda jami $3 115 000 investitsiya jalb qildi. 3-mavsum Demo Day'ida sahnaga chiqadiganlar hozir tanlanmoqda.

  • 45 kun bepul akseleratsiya: mentorlar va trekerlar
  • Zamonaviy texnikaga ega qulay ofis
  • $1 000 stipendiya va kuniga 3 mahal ovqat
  • $60 000+ qiymatdagi hamkor imtiyozlari: tokenlar va bepul xizmatlar
  • Demo Day'da investorlardan investitsiya olish imkoniyati
Investormisiz? Demo Day'ga taklif oling

Manba: UzCombinator yangiliklari: 2-mavsum · 1-mavsum