UzCombinator
UZ
EN

UZC Tadqiqot Instituti

O‘zbekiston startap ekotizimi bo‘yicha mustaqil tadqiqotlar.

Biz haqimizda

O‘zbekiston startap ekotizimi haqida ishonchli ma’lumotlar juda kam. Ekotizimni yaxlit o‘rganadigan tadqiqot yo‘q, shuning uchun asoschilar, investorlar va qaror qabul qiluvchilar uning qayerda turgani va qayerda yordam kerakligini aniq ko‘ra olmaydi.

UZC Tadqiqot Instituti original ma’lumotlarni to‘playdi: UZ Combinator dasturlaridagi asoschilardan ham, hamkor tashkilotlardan ham. Ularni universitet olimlari bilan birga o‘rganadi va topilmalarni nashr etadi.

Institut UZ Combinator tarkibida faoliyat yuritadi, lekin undan mustaqil nashr qiladi. Topilmalar qanday bo‘lsa, shunday e’lon qilinadi; biz ularni UZ Combinator obro‘sini ko‘tarish uchun o‘zgartirmaymiz.

Nashrlar

HisobotStartap ekotizimi15-oktabr, 2026
O‘zbekiston startap ekotizimi 2026: 3 532 ta ariza tahlili
UZC Tadqiqot Instituti
Ushbu hisobot UzCombinator 2-mavsumiga 2026-yil 8-iyundan 20-iyulgacha topshirilgan 3 532 ta ariza va ulardagi 4 233 asoschining anonim, umumlashtirilgan tahlilini taqdim etadi. Asoschilar juda yosh: yoshi ko‘rsatilganlarning 66% i 21 yoshga to‘lmagan; ayollar 24% ni, yakka asoschilar 84% ni tashkil etadi. Hududi ko‘rsatilgan arizalarning uchdan biri Toshkent shahridan, qolganlari 13 hudud va xorijdan keladi. Sun’iy intellekt (406) va ta’lim texnologiyalari (402) yetakchi sohalar; mijozlar bo‘yicha biznes (788) va iste’molchi (775) yo‘nalishlari deyarli teng. Bosqichini ko‘rsatgan 1 635 jamoaning 41% i MVP bosqichida; ilk foydalanuvchidan daromadga o‘tish eng tor joy bo‘lib chiqdi. Arizalarning 94% ida hali daromad yo‘q, 15% i hozir mablag‘ yig‘moqda, oldin investitsiya olganlar 1%. Dasturga qabul darajasi 0,65% (23 jamoa). Hisobot O‘zbekiston startap ekotizimining hajmi, tarkibi va bosqichlari haqida ochiq ma’lumot manbai sifatida tayyorlandi. Har bir ko‘rsatkich o‘z asosi (n) bilan beriladi.
PDF · 456 KBO‘qish
Barcha nashrlar (1)

Tadqiqotlar

Jarayonda

Ma’lumotlar yig‘ilmoqda

Asoschilar o‘z ishiga qanday yondashadi

Cornell tadqiqotchilari bilan birga 30 ta startapning asoschilari va jamoalari o‘rtasida so‘rov o‘tkazmoqdamiz. Maqsad: targ‘ib qilish (promotion) yoki oldini olish (prevention) yondashuvi startapning batchdagi muvaffaqiyatiga qanday ta’sir qilishini aniqlash.

Hamkorlar

Institut bilim va ma’lumot almashadigan universitetlar va tashkilotlar bilan ishlaydi.

Akademik hamkorlar

  • Roy Huang

Jamoaga qo‘shiling

Institutning birinchi jamoasini shakllantirmoqdamiz. O‘zingizga mos lavozimni tanlang.

  • Tadqiqotchi-assistent

    So‘rovnomalarni tayyorlash, asoschilar va hamkorlardan ma’lumot yig‘ish hamda ma’lumotlarni tartibda saqlashda yordam beradi.

    Ariza topshirish
  • Ma’lumotlar tahlilchisi

    So‘rov va dastur ma’lumotlarini tozalaydi, tahlil qiladi va ularni grafik hamda qisqa xulosalarga aylantiradi.

    Ariza topshirish
  • Ilmiy hamkor

    Ma’lumotlarimiz asosida ekotizimni o‘rganmoqchi bo‘lgan universitet olimlari va magistrantlar uchun.

    Ariza topshirish

Aloqa

Hamkorlik, ma’lumot almashish, matbuot yoki tadqiqotlarimiz bo‘yicha savollar uchun [email protected] manziliga yozing.

Telegram: t.me/uzcombinator

UZC Tadqiqot Instituti UZ Combinator tarkibida faoliyat yuritadi.