UzCombinator
UZ
EN
Startaplar katalogi

Yurideks

Yuristlar uchun ovozli AI: yurist gapiradi, Yurideks hujjatni yozadi
Ochiq ish o‘rinlari0Yangiliklarda3yurideks.uz
Yurideks - yuridik firmalar uchun operatsion tizim. Yurist shunchaki mijoz bilan gaplashadi, Yurideks esa suhbatni o'zbek tilida matnga aylantiradi, hujjat tayyorlaydi, sud muddatlarini kuzatadi va mijozlarga to'lov haqida eslatadi - hammasi Telegram'ga ulangan bitta ish maydonida. Tariflar har bir yurist uchun oyiga $100 gacha.

Muammo

Yuristlar amaliyoti Telegram, Word, daftar va xotira orasida tarqoq: vaqt qog'ozbozlikka ketadi, muddatlar o'tkazib yuboriladi.
  • Amaliyot Telegram chatlari, Word fayllari, daftar va xotira orasida
  • Soatlar konsultatsiyani yozish va oddiy hujjatlarga ketadi
  • Sud muddatlari o'tkazib yuboriladi, to'lovlar qo'lda undiriladi
  • Global vositalar og'zaki o'zbek tilini va mahalliy qonunni tushunmaydi

Yechim

Yurist mijoz bilan gaplashadi, Yurideks esa suhbatni matnga, matnni tayyor hujjatga aylantiradi; mijozlar, muddatlar va to'lovlar bitta ish maydonida.
  • Ovozli AI - Suhbatni o'zbek tilida yozib oladi, transkript qiladi va 3 tilga tarjima qiladi
  • Avtomatik hujjatlar - Konsultatsiya asosida PDF/DOC hujjatlar bir zumda
  • Aqlli ish maydoni - Telegram integratsiyasi, mijoz bazasi, to'lov eslatmalari va sud muddati ogohlantirishlari

Asoschilar

Zilolakhon Yoldosheva
Yurideks asoschisi

Kod yozishni otasining telefonida o'rgangan va 15 yoshida Beeline tarixidagi eng yosh xodimi bo'lgan asoschi. 16 yoshida New York University'ga hech qanday agentlik yordamisiz, stipendiya bilan qabul qilingan, Respublikada 5 ta hakaton g'olibasi. Yurideks'ning o'zi ham tanlovda tug'ilgan: LegalTech loyihasi AI Girls Bootcamp'da 3 kechada noldan qurilib 1-o'rinni olgan.

Professional tajriba

Beeline - Project Management yo'nalishi, 15 yoshda

Kompaniya tarixidagi eng yosh xodim sifatida ishga qabul qilingan - yoshi rasmiy talablarga yetmagan bo'lsa-da, ko'rsatgan natijalari sabab kompaniya u bilan ishlashni xohlagan.

SATashkent - Head of IT Operations

O'rta Osiyodagi eng yirik college prep kompaniyasida IT bo'limini noldan qurgan: 20+ kishilik jamoani 2 yil boshqargan, noldan yaratilgan platformaga 20 000+ foydalanuvchi yiqqan, ClickUp, Telegram va Google Apps Script asosida to'liq avtomatlashtirilgan tizimlar qurgan. Karyerasi davomida 2 000 dan ortiq yuzma-yuz suhbatda intervyu oluvchi sifatida qatnashgan.

Numeo (Akmal Paiziev kompaniyasi) - Project Manager, hozirda

Jami: dasturlashda 2 yil, loyiha boshqaruvida 3 yildan ortiq tajriba.

Xalqaro tanlovlar va yutuqlar

  • ICT4Girls (O'zbekiston-Shveytsariya hamkorligida) - 15 yoshida, 1 000+ qiz orasida EdTech loyihasi bilan 1-o'rin va 50 mln yutuq
  • Tumaris.Tech - O'zbekistondan eng yosh startap asoschisi sifatida ishtirok
  • AI Girls Hackathon 2025 - LegalTech loyihasi bilan Respublikada 1-o'rin
  • GYC konferensiyasi (Italiya) - 10 000 nomzoddan qabul qilingan 200 kishidan biri, stipendiya bilan
  • IT Fest Kazakhstan - universiteti nomidan qatnashib Top-4
  • HPAIR - Harvard'da o'tkaziladigan, ~2% nomzod qabul qilinadigan konferensiya ishtirokchisi
  • Web Summit Qatar 2026 ishtirokchisi
  • Hackunicorn Camp 2025 - 10 ta startapga koordinator

Nima uchun aynan bu jamoa

G'oyaning ildizi shaxsiy voqeada: dugonasi universitetda o'qituvchisi tomonidan zo'ravonlikka uchragan, qayerga murojaat qilishni ham, qanday huquqlari borligini ham bilmay yordamsiz qolgan. Yechim esa taxminga emas, amaliyotga qurilgan - jamoa 30 dan ortiq advokat bilan intervyu o'tkazib, mahsulotni ular bilan birga ishlab chiqqan.

Legaltech uchun zarur uch yo'nalish jamoada to'liq yopilgan:

  • Huquq - Diyorbek Turanov: O'zMU "Yurisprudensiya: biznes huquqi" yo'nalishini imtiyozli diplom (100 ball, GPA 5.0) bilan tugatgan, 20+ ilmiy maqola muallifi, UNODC, Yevropa Ittifoqi va BMTTD bilan 30 dan ortiq xalqaro loyiha ishtirokchisi
  • Muhandislik - Komronbek Boymuhammedov: Yandex'da Fullstack Software Engineer, avval Uzum'da ishlagan; Diyorbek Umaraliyev - AI Engineer (New Uzbekistan University, AI & Robotics)
  • Maslahatchi - Behzod Ikramov, PDP Academy sobiq CEO'si

Hammuassis Durdona Omonova - FLEX dasturi bitiruvchisi; University of Birmingham, Glasgow va University of Georgia'ga qabul qilingan bo'lsa-da, O'zbekistonda qolishni ongli tanlagan. Ikkala asoschi AI Girls Bootcamp'da tanishib, loyihani 3 kechada noldan qurib 1-o'rin olishgan.

Jamoa ortida 200 dan ortiq yurist va advokatdan iborat community bor - bu ham mahsulotni ichidan tekshiruvchi ekspertiza, ham tayyor tarqatish kanali. Loyiha ustida 8 oydan beri ishlashadi (oxirgi 2 oyi to'liq bandlikda); Pizza Pitch, SG Women's, Aloqa Venture va Yoshlar Venture'dan takliflar olishgan.

Diyorbek Umaraliyev
Yurideks hammuassisi
Durdona Omonova
Yurideks hammuassisi

Yangiliklarda

Ochiq ish o‘rinlari

Hozircha ochiq ish o‘rni yo‘q.
Backed by UzCombinator

Boshqa startaplar

Hammasi →
  • 1Mahalla
  • AmuFlow
  • Apollo
  • Binova
  • CARLINK
  • CoreAI
  • Corobox
  • CropSCOUT
  • Drone EduTrain
  • Growmock
  • GVERA Technologies
  • HabitKid