UzCombinator
UZ
EN
Startaplar katalogi

Tracepo

Serverlar buziladi. Tracepo eslab qoladi. AI observability.
Ochiq ish o‘rinlari0Yangiliklarda0tracepo.io
Tracepo - muhandislik jamoalari uchun AI observability. U serverlar va ilovalarni kuzatadi, biror narsa sekinlashishi yoki to'xtashi bilanoq navbatchi muhandisga Telegram'da xabar beradi va har bir hodisani eslab qoladi: nima buzildi, kim tuzatdi va qanday. Shu xotira asosida nosozliklarni oldindan bashorat qiladigan o'z observability LLM'imizni qurmoqdamiz. Yuqori yuklamali telekomdan chiqqan uch asoschi tomonidan yaratilgan.

Muammo

Ko'pchilik jamoalar nosozlik haqida mijozdan bilib oladi, saboqlar chatda yo'qoladi va o'sha nosozlik qaytadi.
  • Har bir daqiqalik uzilish sotuv va ishonchni yo'qotadi
  • Jamoalar nosozlik haqida g'azablangan mijozlardan bilib oladi
  • Saboqlar chatda yo'qoladi, nosozlik qaytib keladi
  • Datadog mintaqa uchun qimmat, self-hosted yechimlar haftalab vaqt oladi

Yechim

Bitta yengil agent: monitoring, Telegram'da ogohlantirish va hech narsani unutmaydigan hodisalar xronologiyasi; AI ehtimoliy sababni taklif qiladi.
  • Bitta yengil agent - Monitoring va Telegram'da navbatchi ogohlantirishlari
  • Hodisalar xotirasi - Nima buzildi, kim tuzatdi va qanday
  • AI sabab tahlili (beta) - O'tgan hodisalardan ehtimoliy sabab
  • White-label - Cloud provayderlar o'z brendi ostida taklif qiladi

Asoschilar

Obid Juraev
Tracepo asoschisi

Yuqori yuklamali telekom tizimlarini ichidan biladigan muhandis: hozir OCTO Group'da maxfiy mahsulotning CTO'si; avval Beeline (VEON Group)da Senior Software Engineer bo'lib, operatorning SMS-trafigi o'tadigan SMSC gateway va SMS platformasini noldan qurgan, 2024-yilda GSMA'ning global Open Gateway loyihasida ishtirok etgan. Jami 6 yildan ortiq muhandislik tajribasi (Python, Go). Tracepo - bozor tahlilidan emas, aynan shu tizimlarni har kuni ushlab turishda his qilingan og'riqdan tug'ilgan mahsulot.

Professional tajriba

  • OCTO Group - maxfiy mahsulot CTO'si, hozirgacha
  • Beeline (Unitel / VEON Group) - Senior Software Engineer

Unitel - VEON xalqaro telekom guruhining O'zbekistondagi operatori (Beeline brendi ostida). Bu yerda u yuqori yuklamali SMSC gateway va SMS platformani noldan qurgan. SMSC - operatorning barcha SMS-trafigi o'tadigan yadro tizim: bunday tizimni qurish har kuni yuklama, uzluksizlik va kuzatuv bilan yuzma-yuz ishlash degani. Monitoring yetishmasa nima bo'lishini u nazariyadan emas, o'z tizimlarida ko'rgan - Tracepo g'oyasining ildizi aynan shu yerda.

2024-yilda GSMA Open Gateway loyihasida qatnashgan. GSMA - jahon mobil operatorlarini birlashtiruvchi assotsiatsiya, Open Gateway esa operator tarmoqlarini yagona ochiq API standartlariga keltiruvchi global tashabbus - ya'ni tajribasi faqat lokal masshtab bilan cheklanmagan.

Bundan tashqari PDP universitetida (Toshkentdagi IT yo'nalishidagi xususiy universitet) Python Programming, Database Administration va SDLC fanlaridan dars bergan.

Texnik roli

Jamoadagi uch muhandisning biri sifatida o'zi ham kod yozadi - Senior Python Full-Stack Engineer. Bundan tashqari startapning yuridik masalalari ham uning zimmasida.

Nima uchun aynan bu jamoa

Asoschining o'z ifodasi: "Bu muammoni sun'iy yaratmadik, ichidan bilamiz."

Uchala asoschi Unitel (VEON Group)da hamkasb sifatida tanishgan va bir-birini 4 yildan beri biladi. Uch yo'nalish to'liq yopilgan:

  • Obid Juraev - Senior Python Full-Stack Engineer, qo'shimcha yuridik masalalar
  • Sobit Amirov - 6 yildan ortiq DevOps tajribasi (IT-Med, Beelab, OQ, Unitel, BuildX), infratuzilma va deployment, qo'shimcha sotuv strategiyasi
  • Nurali O'ktamov - qariyb 7 yillik tajriba (Udevs, Jafton, Zigmund Online, Iman Invest, VEON Adtech), backend (Golang)

Ya'ni Tracepo jamoasi o'z mahsulotining birinchi maqsadli foydalanuvchisi ham: production tizim ushlab turadigan muhandislar aynan o'zlariga kerak bo'lgan vositani qurishgan.

11 oy davomida asosiy ish bilan parallel qurishgan va g'oya bilan emas, ishlayotgan mahsulot bilan kelishgan: 5 ta faol mijoz 20+ serverni Tracepo orqali real vaqtda kuzatib turibdi. Yuridik shaxs ro'yxatdan o'tgan ("BEATAI LABS" MChJ), oylik xarajat ~$300 - shu bosqichgacha tashqi investitsiyasiz, o'z mablag'lari bilan kelishgan.

Sobit Amirov
Tracepo, Asoschi va CTO
Nurali O'ktamov
Tracepo, Hammuassis va Senior SWE

Yangiliklarda

Hozircha yangilik yo‘q.

Ochiq ish o‘rinlari

Hozircha ochiq ish o‘rni yo‘q.
Backed by UzCombinator

Boshqa startaplar

Hammasi →
  • CoreAI
  • GVERA Technologies
  • Jilo AI
  • Flow
  • 1Mahalla
  • AmuFlow
  • Apollo
  • Binova
  • CARLINK
  • Corobox
  • CropSCOUT
  • Drone EduTrain