UzCombinator
UZ
EN
Startaplar katalogi

Occlum

Maxfiy ma’lumotlarni shifrlash
Ochiq ish o‘rinlari0Yangiliklarda3occlum.tech
Every day, employees paste sensitive data into ChatGPT and other AI tools: client records, contracts, source code. Occlum lives on company devices and runs each AI-bound request through its detection intelligence. Safe requests pass untouched, unsafe ones get occluded (made safe while the request keeps working as intended), dangerous ones get blocked by the company's own policy. Employees keep their AI tools, and the company gets control over what leaves that it can prove to auditors and regulators.

Muammo

Har kuni xodimlar maxfiy ma'lumotni ChatGPT va boshqa AI vositalariga joylashtiradi: mijoz yozuvlari, shartnomalar, manba kodi. Ko'pincha kompaniya ko'rmaydigan shaxsiy akkauntlardan.
  • AI'ni taqiqlash ishlamaydi - foydalanish yashirinadi
  • Ochiq qoldirish esa nazoratsiz qolish demak
  • “Kecha kompaniyadan nima chiqdi?” - javob beradigan yo'q

Yechim

Occlum kompaniya qurilmalarida turadi va AI'ga ketayotgan har bir so'rovni tekshiradi. Xavfsizi o'zgarishsiz o'tadi, maxfiysi yashiriladi (so'rov o'z ma'nosini saqlaydi), xavflisi kompaniyaning o'z siyosati bo'yicha bloklanadi.
  • Qurilmada - Har qanday AI vositasini ko'radi
  • Occlusion - Maxfiy qism yashiriladi, so'rov ishlaydi
  • Siyosat - Kompaniyaning o'z qoidalari
  • Audit - Regulatorga isbotlash mumkin

Asoschilar

Abdulloh Masaidov
Occlum, Asoschi va CEO

17 yoshda Occlum'ni yolg'iz boshlagan va olti oyda investitsiyaga tayyor holatga olib kelgan asoschi: mahsulotni o'zi loyihalagan, o'zi qurgan. AI bilan 4 yil, veb-mahsulot qurib sotish bilan 3 yil ishlaydi. 14 yoshdan beri o'z mahsulotlarini sotib keladi.

Qurgan mahsulotlari

14 yoshda birinchi dasturiy mahsulotini sotgan - Telegram bot, taxminan 30 mijozga.

2025-yilda O'zbekistonda IELTS qog'oz imtihonlari to'xtatilganda kompyuterda topshirishga tayyorlov platformasini qurgan va uni 2,000+ faol foydalanuvchiga yetkazgan.

Kwork frilans platformasida 3 yil davomida mahalliy bizneslar uchun veb-mahsulotlar qurib sotgan.

Maktabda o'qib yurib o'z ishi bilan ~$7,000 ishlagan.

Yutuqlar

  • Rus tili milliy olimpiadalarida 5 ta tuman va 1 ta viloyat g'olibligi
  • O'zbekiston Muay Thai chempioni, yengil vazn, 2019-yil
  • 11 yoshdan 16 yoshgacha Qur'onni to'liq yod olgan
  • Maktabining birinchi kodlash klubiga asos solgan va 65+ o'quvchiga dars bergan
  • Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi 2026da O'zbekistonni vakillik qilgan besh AI startapdan biri sifatida tanlangan

Ta'lim

Prezident ixtisoslashtirilgan maktabi - tumanidagi maktabning birinchi qabuliga uchinchi natija bilan kirgan. Shu yil to'liq ball bilan bitirgan, eng yaxshi o'quvchi sifatida tanlangan va milliy faxriy diplom olgan.

Beshta xorijiy universitetga qabul qilingan, ularning uchtasi dunyo Top-200 ro'yxatida. AQShda $170,000 lik stipendiya taklif etilgan - hammasidan voz kechib, O'zbekistonda qolib shu loyihani qurishni tanlagan.

Yangiliklarda

Ochiq ish o‘rinlari

Hozircha ochiq ish o‘rni yo‘q.
Backed by UzCombinator

Boshqa startaplar

Hammasi →
  • 1Mahalla
  • AmuFlow
  • Apollo
  • Binova
  • CARLINK
  • CoreAI
  • Corobox
  • CropSCOUT
  • Drone EduTrain
  • Growmock
  • GVERA Technologies
  • HabitKid