UzCombinator
Yangiliklar

15-sentabr, 20261 daqiqa

GrowMock Yoshlar ishlari agentligining «Ko‘mak» loyihasi bilan hamkorlik boshladi

UzCombinator 2-mavsum startaplaridan biri - GrowMock Yoshlar ishlari agentligining "Ko‘mak" loyihasi bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi! Bu nimani…

UzCombinator

GrowMock Yoshlar ishlari agentligining «Ko‘mak» loyihasi bilan hamkorlik boshladi

UzCombinator 2-mavsum startaplaridan biri - GrowMock Yoshlar ishlari agentligining "Ko‘mak" loyihasi bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi!

Bu nimani anglatadi? - Ushbu hamkorlik doirasida "Ko‘mak" tizimidagi 1000 ga yaqin o‘quv markazlar uchun o‘quvchilar bilimini oshirish va markaz xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati yaratiladi.

GrowMock esa butun jarayonni avtomatlashtiradi:

  • Zamonaviy test simulyatorlarni taqdim etadi;
  • Test jarayonlarini to‘liq boshqaradi;
  • Natijalarni AI yordamida avtomatik shakllantiradi;
  • Har bir o‘quvchi uchun individual va maqsadli tayyorlov rejasini tuzib beradi.

Eng muhimi - bularning barchasi ortiqcha murakkabliklarsiz, birgina platforma orqali amalga oshiriladi.

Sizningcha, zamonaviy o‘quv markazlari o‘quvchilar uchun yana qanday qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratishi kerak?

Fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz!

Telegramda ko‘rish →