UzCombinator
UZ
EN
Startaplar katalogi

CropSCOUT

Kichik fermerlar uchun agrorobot
Ochiq ish o‘rinlari0Yangiliklarda2bestarorg.com
CropSCOUT - issiqxonalar va kichik sabzavot xo'jaliklari uchun ekinlarni o'zi kuzatib, o'zi purkaydigan avtonom robot. Purkagich pestitsid va o'g'itni faqat kerakli joyga, traktor kira olmaydigan qator va maydonlarda sepadi. Kamera va sensorlar kasallikni kuzatib, o'simlik holati haqidagi hisobotni fermer telefoniga yuboradi.

Muammo

Issiqxona va bog' egalari hali ham qo'lda purkaydi: ekinga ortiqcha kimyo tushadi, fermer va iste'molchi xavf ostida qoladi.
  • Qo'lda purkash ortiqcha kimyo va isrofga olib keladi
  • Fermer va hosilni iste'mol qiluvchilar xavf ostida
  • 39 fermerdan 15 tasi mavsumiy ishchi topishda qiynaladi
  • 20 tasi purkovchi robot ishni yengillashtirishini aytdi

Yechim

Gusenitsali avtonom robot pestitsid va o'g'itni faqat kasal o'simlikka, aniq dozada sepadi.
  • Gusenitsa - Issiqxona qatorlari va nam tuproq uchun
  • Aniq purkash - Forsunkalar birma-bir yoqiladi
  • Kasallik nazorati - Kamera va sensorlar
  • Hisobot - O'simlik holati fermer telefoniga

Asoschilar

Asadbek Ro'ziyev
CropSCOUT, Asoschi va Chief Robotics Engineer

Robototexnika sohasida 7+ yillik amaliy tajribaga ega muhandis. 20 dan ortiq respublika va xalqaro tanlovda g'olib bo'lgan, jami $10,000 pul mukofoti olgan. Yutuqlari uchun 2020 va 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan shaxsan uchrashib, startap g'oyalarini taqdim etish sharafiga muyassar bo'lgan.

Texnik ekspertiza

  • Mikrokontrollerlar: ESP32, Arduino, Teensy, PIC18F, STM32 asosida robot tizimlari qurgan
  • Elektronika: PCB dizayn, elektron sxemalar, SMT lehimlash
  • Mexanika: SolidWorks'da 3D modellashtirish va mexanik qismlar loyihalash
  • Dasturlash: C/C++, Python, MicroPython'da robot boshqaruv tizimlari
  • Loyihalar: avtonom rover, robot manipulyator, dron va mobil robotlar

BESTARORG asoschisi va Chief Robotics Engineer sifatida 7 kishilik muhandislar jamoasini boshqargan. EcoRobotics Lab va INNO Technopark'da robototexnika, elektronika va boshqaruv tizimlari ustida ishlagan.

Liderlik va mablag' jalb qilish tajribasi

AQShda ikki yil davomida ikkita yirik talabalar tashkilotiga asos solgan va ular uchun jami $50,000 mablag' jalb qilgan:

  • O'zbek Talabalar Assotsiatsiyasi - Vitse-Prezident, $35,000
  • Maxsus Dron klubi (Drone Devils) - asoschi, $15,000

ASU Talabalar ittifoqida senator sifatida ikki yil davomida $400,000 hajmidagi byudjetni taqsimlash va boshqarishda ishtirok etgan.

Xalqaro va respublika yutuqlari

  • Xalqaro Robototexnika musobaqasi 2019 - O'zbekiston bo'yicha 1-o'rin, jahon reytingida dunyo bo'yicha 8-o'rin
  • International Startup Weekend (Techstars) 2021 - "Eyemed" loyihasi bilan 3-o'rin va $2,400 pul mukofoti
  • Robot-uz 2020 va 2021 respublika tanlovlari - jami 3 marta 3-o'rin sovrindori
  • "One Million Uzbek Coders" umummilliy loyihasining faol talabalar tanlovida 2 karra g'olib, $1,000 mukofot

Ta'lim

Arizona State University (ASU), AQSh - "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati

ASU AQShning innovatsiya bo'yicha #1 universiteti hisoblanadi. ASU qoshidagi EcoRobotics laboratoriyasi tadqiqotchisi - CropSCOUT'ning yo'nalishi bilan bevosita mos keladigan laboratoriya.

2022-yilda dunyoning to'rtta nufuzli xalqaro universitetiga 80% dan 100% gacha grantlar asosida qabul qilingan va ular ichidan ASU'ni tanlagan.

Nima uchun aynan bu jamoa

Asoschining o'z formulasi: "Yoshligimizning bir qismini dalada o'tkazganmiz va robotlar yaratish bilan ovora bo'lganmiz." Ya'ni jamoa qishloq xo'jaligi muammosini ham ichkaridan biladi, ham uni hal qiladigan muhandislik bazasiga ega. Chet elda muhandislik ta'limi olgan va olayotgan avlod sifatida bilimni O'zbekistonga amaliy olib kirishni maqsad qilishgan.

Xudoyberdi Sultonov
CropSCOUT, COO
Asror Uralov
CropSCOUT, Chief Mechanical Engineer
Abbosjon Abdullaev
CropSCOUT, Chief Industrial & Software Engineer

Yangiliklarda

  • 26-oktabr, 2026Va nihoyat UzCombinator akseleratsiyasining 2-mavsumi ham öz nihoyasiga yetdi!
  • 24-oktabr, 2026CropScout - $15,000

Ochiq ish o‘rinlari

Hozircha ochiq ish o‘rni yo‘q.
Backed by UzCombinator

Boshqa startaplar

Hammasi →
  • AmuFlow
  • Apollo
  • SpaceAgro
  • 1Mahalla
  • Binova
  • CARLINK
  • CoreAI
  • Corobox
  • Drone EduTrain
  • Growmock
  • GVERA Technologies
  • HabitKid