Barcha nashrlar
HisobotStartap ekotizimi15-oktabr, 2026
O‘zbekiston startap ekotizimi 2026: 3 532 ta ariza tahlili
UZC Tadqiqot Instituti
UzCombinator, Toshkent
Annotatsiya
Ushbu hisobot UzCombinator 2-mavsumiga 2026-yil 8-iyundan 20-iyulgacha topshirilgan 3 532 ta ariza va ulardagi 4 233 asoschining anonim, umumlashtirilgan tahlilini taqdim etadi.
Asoschilar juda yosh: yoshi ko‘rsatilganlarning 66% i 21 yoshga to‘lmagan; ayollar 24% ni, yakka asoschilar 84% ni tashkil etadi. Hududi ko‘rsatilgan arizalarning uchdan biri Toshkent shahridan, qolganlari 13 hudud va xorijdan keladi. Sun’iy intellekt (406) va ta’lim texnologiyalari (402) yetakchi sohalar; mijozlar bo‘yicha biznes (788) va iste’molchi (775) yo‘nalishlari deyarli teng.
Bosqichini ko‘rsatgan 1 635 jamoaning 41% i MVP bosqichida; ilk foydalanuvchidan daromadga o‘tish eng tor joy bo‘lib chiqdi. Arizalarning 94% ida hali daromad yo‘q, 15% i hozir mablag‘ yig‘moqda, oldin investitsiya olganlar 1%. Dasturga qabul darajasi 0,65% (23 jamoa).
Hisobot O‘zbekiston startap ekotizimining hajmi, tarkibi va bosqichlari haqida ochiq ma’lumot manbai sifatida tayyorlandi. Har bir ko‘rsatkich o‘z asosi (n) bilan beriladi.
Kalit so‘zlar
startap ekotizimi
O‘zbekiston
asoschilar
akselerator
venchur
sun’iy intellekt
