Turkiyada yirik me'morchilik kompaniyalarida ishlagan Madina, O'zbekistondagi ta'mirlash jarayonlarida aniq reja va smeta yo'qligidan odamlar sarson bo'lishini ko'rdi. Bu tartibsizlikka chek qo'yish uchun u Mimoram AI platformasiga asos soldi
Mimoram AI o'zi nima va u qanday ishlaydi?
Mimoram AI - oddiy telefon kamerasidagi surat orqali xonani 3D ko'rinishga va do'konlardagi aniq mebellar smetasiga aylantiruvchi algoritm.
- Oddiy texnologiyalar: Maxsus LiDAR qurilmasi talab etilmaydi, xonani istalgan smartfon orqali o'lchash mumkin.
- Aniq smeta va reja: Shunchaki 3D chizma emas, balki mahalliy do'konlardan sotib olish mumkin bo'lgan mebellarning to'liq ro'yxati va smetasini taqdim etadi.
Siz ham uyingizni qurish yoki ta'mirlashda byudjetdan chiqib ketishdan va ortiqcha ovvoragarchilikdan charchadingizmi?
Unda hoziroq UzCombinator portfelidagi PropTech yo'nalishida loyihalardan biri Mimoram AI'ni sinab ko'ring!








