UzCombinator’ga kelgan 1,400+ g‘oyaning 47% i muhandislik ko‘nikmasi yetishmasligi tufayli faqat "g‘oya"ligicha qolib ketishini ko‘rgan Sardor, hardware sohasida katta to‘siq borligini angladi.
Haqiqiy qurilma yasash uchun 3-12 oy vaqt, $20,000 gacha pul va 10 xil murakkab dasturlarni bilish talab etilardi...
STEM talabalari, ixtirochilar va startaplar g‘oyasi bo‘lsa ham, murakkab CAD chizmalari va PCB platasini loyihalay olmasligi sababli loyihasini tashlab ketardi. Hardware g‘oyalarning 98%i hech qachon prototip (MVP) bosqichigacha yetib bormasdi.
Muhandis bo‘lmasang, robot yasay olmaysan deyilayotgan bir paytda Sardor GVERA platformasiga asos soldi. Ular ovozli topshiriq orqali avtomatik chizma, kod va elektron plata sxemasini yaratib beruvchi sun‘iy intellektni qurdilar!
GVERA o‘zi nima?
GVERA - g‘oyangizni ovozli tushuntirish orqali soniyalar ichida CAD chizma, dastur kodi va elektron plata (PCB) sxemasiga aylantirib beruvchi AI platformasi.
- Voice-to-Hardware: Murakkab dasturlarsiz, shunchaki o‘z ovozingiz bilan qurilma arxitekturasini yaratish.
- Oylar emas, soatlar: Hardware prototip tayyorlash vaqtini 10 baravargacha qisqartirish.
- Hardware Included: Faol obunachilar uchun tayyor sensor va komponentlar to‘plami taqdim etiladi.
Ajoyib hardware g‘oyangiz bor, lekin muhandis emassizmi? Hoziroq GVERA orqali g‘oyangizni reallikka aylantiring!








