Video montaj qilib, subtitrga kelganda har bir so'zni qo'lda to'g'irlab soatlab vaqtingiz ketishidan charchadingizmi? "O'zbek tilini AI tushunmaydi" deb umidni uzgan bo'lsangiz, shoshmang…
UzCombinator 2-mavsum ishtirokchisi Zohid aynan shu muammoga chek qo'yish uchun UzCaption platformasini yaratdi!
UzCaption nima va u qanday ishlaydi?
UzCaption - o'zbek nutqini 98% aniqlikda matnga aylantirib, videolarga avtomatik subtitr joylaydigan sun'iy intellekt platformasi:
- Lokal AI dvigatel: O'zbek tilidagi o', g', tutuq belgilarini va imlo qoidalarini mukammal tushunadi.
- Ko'p qirrali integratsiya: Veb-sayt, Telegram bot va Adobe Premiere Pro plagini orqali to'g'ridan-to'g'ri mehnatingizni yengillatadi.
- Katta natijalar: Atigi 3 oy ichida 1 800+ foydalanuvchi va 6 000+ subtitrlangan video/audio!
Siz ham montaj va subtitrga soatlab vaqt yo'qotishni to'xtatmoqchi bo'lsangiz, UzCaption'ni hoziroq sinab ko'ring!
"Vaqtingizni subtitr qo'yishga emas, kontent yaratishga sarflang!"
Siz hali ham qachon UzCombinatorga topshiraman deb o'ylab o'tiribsizmi?
O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq!








