Vakansiya haqida
Sotuv menejeri keshbek xizmatini yangi biznes va savdo nuqtalariga taqdim etish, yangi hamkorlarni jalb qilish, muzokaralar olib borish va kelishuvni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘ladi.
Vazifalar
- Keshbek xizmatiga mos potensial mijozlarni mustaqil izlash va aniqlash;
- Yangi hamkorlarni jalb qilish va sotuv voronkasini shakllantirish;
- Biznes egalari va kompaniyalarning mas’ul vakillari bilan muzokaralar olib borish;
- Keshbek xizmatining afzalliklari va biznes uchun manfaatlarini taqdim etish;
- Telefon qo‘ng‘iroqlari, messenjerlar va uchrashuvlar orqali faol sotuv olib borish;
- Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos tijoriy taklif berish;
- Mijozlarning savollari va e’tirozlari bilan ishlash;
- Muzokarani kelishuvga olib borish;
- Yangi hamkorlarni keshbek tizimiga ulash jarayonini nazorat qilish;
- Mavjud hamkorlar bilan munosabatlarni rivojlantirish;
- CRM tizimida mijozlar va sotuv jarayoni bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida yuritish;
- Belgilangan oylik sotuv rejasini bajarish;
- Belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga erishish;
- Sotuv natijalari bo‘yicha muntazam hisobotlar tayyorlash.
Talablar
- Sotuv sohasida kamida 3 yil tajriba;
- B2B sotuv yoki xizmatlarni sotish tajribasi;
- Faol sotuv va cold calls bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Muzokara olib borish qobiliyati;
- Mijoz ehtiyojini aniqlash va to‘g‘ri taklif bera olish;
- E’tirozlar bilan professional ishlay olish;
- Mijozni muzokaraning keyingi bosqichiga olib o‘tish va bitimni yopish ko‘nikmasi;
- Belgilangan reja va KPI asosida ishlashga tayyorlik;
- CRM tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;
- Google Sheets / Excel bilan ishlay olish;
- O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish;
- Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va yuqori natijaga intilish.
Afzallik beriladi
- B2B xizmatlar savdosida tajriba;
- Fintech, cashback, marketplace, reklama yoki IT xizmatlari sohasida tajriba;
- Restoran, do‘kon, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va boshqa bizneslar bilan ishlash tajribasi;
- Biznes egalari va kompaniya rahbarlari bilan muzokara olib borish tajribasi;
- Faol mijoz bazasini mustaqil shakllantirish tajribasi.
Biz taklif qilamiz
- 4 000 000 so‘m fiks oylik + KPI;
- KPI natijalariga qarab qo‘shimcha daromad olish imkoniyati;
- Kompaniyaning ichki motivatsion nominatsiyalarida qatnashish va qo‘shimcha bonuslar olish imkoniyati;
- Professional bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ichki treninglar va ta’lim imkoniyatlari;
- Jamoa ichida tajriba almashish va yangi bilimlarni o‘rganish imkoniyati;
- Natijaga qarab lavozim va daromad o‘sishi uchun real imkoniyat;
- Tez rivojlanayotgan startup kompaniyada zamonaviy ish muhiti;
- Yangi g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surish imkoniyati;
- Kuchli natija ko‘rsatadigan xodimlar uchun karyera rivojlanishi va mas’uliyat doirasini kengaytirish imkoniyati;
