UzCombinator
UZ
EN
All open roles

Sales Team Lead (Keshbek yo‘nalishi)

Tashkent · On-sitePosted todayActively hiring
  • On-site · Full-time · Lead
  • from 5 000 000 UZS / month
  • Sales

About the job

Ish jadvali: 6/1, 09:00 - 18:00 Ish joyi: Toshkent shahri Ish tajribasi: 2 yildan 5 yilgacha

What you will do

  • Bizga faqat jarayonni nazorat qiladigan Team Lead emas, balki jamoani boshqara oladigan, muammolarni hal qiladigan va o‘lchanadigan natija keltira oladigan lider kerak.
  • Team Lead nafaqat topshiriq berishi, balki jamoaning sotuv natijasi, KPIlari va rivojlanishi uchun bevosita javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak.
  • Muhim:
  • 5 000 000 so‘m fiks oylik + KPI;
  • KPI natijalariga qarab qo‘shimcha daromad olish imkoniyati;
  • Kompaniyaning ichki motivatsion nominatsiyalarida qatnashish va qo‘shimcha bonuslar olish imkoniyati;
  • Professional bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ichki treninglar va ta’lim imkoniyatlari;
  • Jamoa ichida tajriba almashish va yangi bilimlarni o‘rganish imkoniyati;
  • Natijaga qarab lavozim va daromad o‘sishi uchun real imkoniyat;
  • Tez rivojlanayotgan startup kompaniyada zamonaviy ish muhiti;
  • Yangi g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surish imkoniyati;
  • Kuchli natija ko‘rsatadigan xodimlar uchun karyera rivojlanishi va mas’uliyat doirasini kengaytirish imkoniyati;
  • Muhim
  • Ushbu lavozimda xodimdan mustaqil ravishda yangi mijozlarni izlash, faol sotuv olib borish, muzokaralarni samarali olib borish va belgilangan savdo natijalariga erishish kutiladi.
  • Agar siz sotuv sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lsangiz, mijozlar bilan ishonchli muzokara olib bora olsangiz, bitimlarni muvaffaqiyatli yopish ko‘nikmasiga ega bo‘lsangiz va natija uchun shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmangizga olishga tayyor bo‘lsangiz, sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.
  • Shuningdek, tez rivojlanayotgan startup muhitida ishlash, yangi jarayonlarni yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etish, o‘z tashabbuslaringizni amalga oshirish va kompaniya bilan birga professional rivojlanishga tayyor bo‘lishingiz biz uchun muhim. Agar yuqoridagi talablar sizga mos kelsa, rezyumengizni yuboring. Biz siz bilan bog‘lanamiz.

What we look for

  • Team Lead, Supervisor, Senior Sales yoki Sales Manager lavozimlaridan birida kamida 2 - 3 yil amaliy ish tajribasi;
  • Sotuv jamoasini boshqarish va jamoaviy natijalar uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olish tajribasi;
  • 5 - 15 kishilik jamoani boshqarish, ularning ishini tashkil etish va natijalarini nazorat qilish tajribasi;
  • B2B sotuv, hamkorlarni jalb qilish (Partner Acquisition), mijozlar bilan ishlash (Account Management), cashback, fintech, marketplace yoki mijozlar bilan bevosita ishlash yo‘nalishlarida tajriba;
  • Jamoa uchun oylik va haftalik rejalarni shakllantirish, vazifalarni bosqichlarga ajratish va bajarilishini nazorat qilish qobiliyati;
  • Individual va jamoaviy KPIlarni belgilash, kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasi;
  • Sotuv voronkasi (Sales Funnel)ni tushunish va uning har bir bosqichidagi natijalarni tahlil qila olish;
  • Konversiya darajasi, faol mijozlar, sotuv hajmi va reja bajarilishi kabi asosiy ko‘rsatkichlar bilan ishlashni bilish;
  • Yangi hamkorlarni jalb qilish va mavjud hamkorlarning faolligini oshirish jarayonini boshqarish qobiliyati;
  • Biznes egalari va kompaniya vakillari bilan B2B muzokaralar olib borish qobiliyati;
  • E’tirozlar bilan ishlash va murakkab muzokaralarni muvaffaqiyatli kelishuv bilan yakunlay olish;
  • Muhim va yirik hamkorlar bilan uzoq muddatli biznes munosabatlarini rivojlantirish qobiliyati;
  • Xodimlarni ishga moslashtirish (onboarding), o‘qitish, coaching va rivojlantirish tajribasi;
  • Jamoani motivatsiya qilish va natijaga yo‘naltirilgan ish muhitini shakllantirish qobiliyati;
  • CRM tizimlari bilan ishlash va mijozlar/hamkorlar bazasini boshqarish tajribasi;
  • Excel / Google Sheets bilan yaxshi ishlash ko‘nikmasi;
  • Hisobotlarni mustaqil tayyorlash va ma’lumotlar asosida xulosa chiqara olish;
  • KPI, sotuv, hamkorlar va jamoa faoliyati bo‘yicha rahbariyatga muntazam hisobot taqdim eta olish;
  • Sotuv jarayonlarini takomillashtirish va yangi sotuv yondashuvlarini joriy qilish qobiliyati;
  • Kuchli kommunikatsiya, muzokara olib borish va liderlik ko‘nikmalari;
  • Natijaga yo‘naltirilganlik, tashabbuskorlik va yuqori darajadagi mas’uliyat.

Nice to have

  • Cashback yoki loyalty dasturlari bilan ishlash tajribasi;
  • Fintech, marketplace, bank yoki to‘lov tizimlari sohasidagi tajriba;
  • B2B sotuv va Partner Acquisition yo‘nalishida tajriba;
  • Key Account Management tajribasi;
  • Yirik biznes egalari yoki kompaniyalar bilan ishlash tajribasi;
  • Mavjud hamkorlar bilan sotuv hajmini oshirish yoki hamkorlikni rivojlantirish tajribasi;
  • CRM tizimini joriy qilish yoki sotuv jarayonlarini avtomatlashtirish tajribasi;
  • Sotuv bo‘yicha treninglar va coaching o‘tkazish tajribasi;
  • Startup yoki tez rivojlanayotgan kompaniyada ishlash tajribasi.

Similar roles

MARKETOLOG
MoomkinTashkent · On-siteFull-time
todayLearn more