Vakansiya haqida
Vazifalar
- MOOMKIN reklama va media kontentlarida ishtirok etish;
- Brend mahsulotlari va xizmatlarini auditoriyaga taqdim etish;
- Reels, video va boshqa formatdagi kontentlarda suratga tushish;
- Belgilangan kontent-reja va texnik topshiriqlar asosida ishlash.
- Ushbu lavozimda xodimdan kamera oldida erkin va ishonchli chiqish, brend qadriyatlari va imijini to‘g‘ri ifodalash, reklama va media kontentlarda faol ishtirok etish hamda belgilangan texnik topshiriqlar asosida sifatli kontent tayyorlash kutiladi.
- Agar siz kamera oldida o‘zingizni erkin his qilsangiz, ravon nutqqa ega bo‘lsangiz, auditoriya e’tiborini jalb qila olsangiz va o‘z obrazingiz orqali brendni professional tarzda namoyon eta olsangiz, sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.
- Shuningdek, tez rivojlanayotgan startup muhitida ishlash, yangi kontent formatlarini sinab ko‘rish, kreativ g‘oyalar bilan chiqish, jamoa bilan samarali hamkorlik qilish va kompaniya bilan birga professional rivojlanishga tayyor bo‘lishingiz biz uchun muhim.
- Agar yuqoridagi talablar sizga mos kelsa, kastingda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda videolaringizni yuboring. Biz siz bilan bog‘lanamiz.
Talablar
- Kamera oldida erkin va ishonchli chiqish;
- Ravon nutq va aniq talaffuz;
- Tashqi ko‘rinish va o‘zini tutish madaniyati;
- Kreativ fikrlash va kontent yaratishga qiziqish;
- Mas’uliyatlilik va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
- Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish.
