Kuni kecha UzCombinator 2-mavsum asoschilarimiz uchun nihoyatda muxim navbatdagi amaliy va bilimga boy sessiyamiz bo‘lib o‘tdi.
Spikerimiz Azizbek Qurbonov asoschilarimizga "The Art of Pitch" mavzusida real keyslar va o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi.
Bundan tashqari sessiya davomida:
- Startap g‘oyasini investorlar va auditoriyaga samarali taqdim etish;
- Kuchli va ta’sirchan pitch tuzish hamda asosiy fikrni to‘g‘ri yetkazish;
- Pitch davomida auditoriya e’tiborini doimiy ushlab turish sirlari ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida asoschilarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va jonli muhokama bo‘lib o‘tdi.






