Kuni kecha UzCombinator 2-mavsum asoschilarimiz uchun Lobar Abdullayeva bilan navbatdagi eksklyuziv master-klass bo‘lib o‘tdi.
Sessiya “Startaplar bilmaydigan jamg‘arma imkoniyatlari” mavzusiga bag'ishlanib, unda quyidagi muhim masalalar tahlil qilindi:
- Jamg'arma imkoniyatlari: ko‘pchilik bilmaydigan, lekin mavjud bo‘lgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash manbalari
- Murojaat jarayoni: har bir manbaga qanday to‘g‘ri murojaat qilish kerakligi
- Amaliy qadamlar: imkoniyatlardan real foydalanish yo‘llari
Asoschilarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, loyihalarini keyingi bosqichga olib chiqish uchun aniq qadamlarni belgilab olishdi.







