Kecha founder’larimiz uchun navbatdagi o‘ta foydali va qiziqarli sessiyamiz bo‘lib o‘tdi.
Bu galgi mehmonda Ozodbek Ulmasov bo‘ldilar va asoschilarimiz bilan o‘zlarining boy tajribalarini bo‘lishdilar.
Sessiya davomida quyidagi muhim mavzular tahlil qilindi:
- From Zero to Exit: Startapni g‘oyadan to mantiqiy exit’gacha bo‘lgan yo‘li va muhim bosqichlari
- Scaling & Qarorlar: O‘sish jarayonidagi eng kritik qarorlar va founder’lar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolardan to‘g‘ri saboq chiqarish
Siz hali ham o‘z loyihangizni qachon startap darajasiga olib chiqaman deb o‘ylab o‘tiribsizmi?
Vaqtni boy bermang, hoziroq UzCombinator’ga ariza topshiring va bilimlarni amalda qo‘llang. Bizda 3-mavsum uchun arizalar qabuli ochiq!






