UzCombinator
Yangiliklar

18-sentabr, 20263 daqiqa o‘qish

UzCombinator’ga ariza: qabul qanday o‘tadi, kim tanlanadi va 45 kunda nima bo‘ladi

UzCombinator

UzCombinator’ga ariza: qabul qanday o‘tadi, kim tanlanadi va 45 kunda nima bo‘ladi

Ikki mavsumda UzCombinator'ga 5,036 ta ariza keldi, 56 ta startap qabul qilindi - taxminan har 90 arizadan bittasi. Bu maqola ariza topshirmoqchi bo‘lgan asoschilar uchun: jarayon qanday, nimaga qaraladi va dasturga kirganingizdan keyin 45 kun qanday o‘tadi.

Qabul jarayoni

  1. Onlayn ariza. uzcombinator.uz/apply sahifasida, taxminan 10 daqiqa. Pitch deck shart emas: nima qurayotganingizni, kim uchun va nega aynan siz ekaningizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozasiz. Arizani saqlab, keyin davom ettirish mumkin.
  2. Saralash. Jamoa arizalarni o‘qib, suhbatga jamoalarni tanlaydi.
  3. Suhbat. 30 daqiqa, yuzma-yuz. Savollar asosan asoschilar haqida: nima qildingiz, nimani bilasiz, qanday qaror qabul qilasiz.
  4. Qaror va shartlar. Qabul qilingan jamoalarga ulush shartlari suhbat bosqichida ochiq aytiladi - hajmi har bir startap bilan alohida kelishiladi, butun mavsum uchun bitta foiz yo‘q.
  5. Dastur. 45 kun, Toshkentdagi ofisda.

Kim tanlanadi

UzCombinator g‘oyadan ko‘ra uni amalga oshiradigan odamni tanlaydi. Amalda bu quyidagilarni anglatadi:

  • Jamoa - kamida ikki asoschi ustunlik beradi; texnik va biznes tomonlarni yopadigan jamoa yanada kuchli.
  • Tezlik - so‘nggi oylarda nima qilingani: prototip, birinchi foydalanuvchilar, suhbatlar, sotuvlar.
  • Muammo bilimi - nega aynan shu muammo va nega siz uni boshqalardan yaxshi bilasiz.
  • Ochiqlik - mentorlardan o‘rganishga va tez o‘zgarishga tayyorlik.

Soha cheklovi yo‘q: portfelda fintech, edtech, marketplace, SaaS, media, logistika va boshqa yo‘nalishlar bor - barchasi portfel sahifasida.

45 kun qanday o‘tadi

HaftaNimaga e’tibor
1Tanishuv, maqsadlar, muammo va mijoz aniqligi
2Mahsulot va birinchi mijozlar, mentorlar bilan sessiyalar
3O‘sish: marketing, sotuv, SEO, birinchi 50-100 mijoz
4Moliya: valuation, cap table, due diligence'ga tayyorgarlik
5Pitch va Demo Day'ga tayyorgarlik, investorlar bilan uchrashuvlar
6Demo Day - investorlar oldida taqdimot

Har hafta o‘lchanadigan maqsad qo‘yiladi va trekerlar uning bajarilishini kuzatadi. 2-mavsumda dastur 5 ta treker bilan o‘tdi va Y Combinator bilan bog‘liq mehmonlar asoschilar uchun sessiyalar o‘tkazdi.

Dastur nimalarni beradi:

  • $1,000 stipendiya va Toshkentdagi ofis
  • har hafta o‘z kompaniyasini qurgan mentor bilan sessiya
  • ofis turlari va hamkor kompaniyalar bilan uchrashuvlar
  • Demo Day - 1-mavsumda startaplar investorlardan $975,000 jalb qildi
  • dasturdan keyin ham qoladigan jamoa

Tez-tez so‘raladigan savollar

Yakka asoschi ariza bera oladimi? Ha. Jamoa ustunlik beradi, lekin ariza yakka asoschidan ham qabul qilinadi.

Hududdan bo‘lsam-chi? Dastur Toshkentda, jonli o‘tadi; barcha hududlardan asoschilar qabul qilinadi. Mavsumlar orasida hududlarda Founders Camp tadbirlari o‘tkaziladi.

Ulush qancha? Butun mavsum uchun bitta foiz yo‘q - hajmi har bir startap bilan suhbat bosqichida alohida kelishiladi.

Ariza rad etilsa-chi? Keyingi mavsumga qayta ariza berish mumkin - oradagi vaqtda qilingan ish (mijozlar, mahsulot, raqamlar) yangi arizaning eng kuchli qismi bo‘ladi.

Ariza topshirish →

Barcha savollar - FAQ sahifasida; manzil va aloqa - aloqa sahifasida.