UzCombinator
UZ
EN
Yangiliklar

15-sentabr, 2026

Drone Edu Train Yoshlar Ventures va Turin Politexnika universitetidan $40 000 investitsiya oldi

UzCombinator

Drone Edu Train Yoshlar Ventures va Turin Politexnika universitetidan $40 000 investitsiya oldi

UzCombinator 2-mavsum asoschilari birinchi investitsiyalarni jalb qilishda davom etishmoqda. Quvonarli yangiligimizning navbatdagi qahramoni - Mirzobek Malikov!

Drone Edu Train startapi asoschisi Mirzobek Malikov Yoshlar Ventures va Turin Politexnika Universtetidan $40,000 miqdorida investitsiya jalb qildi!

Bugungi kunda zamonaviy ta’limda nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalar va muhandislik yondashuvi (STEM) har qachongidan ham muhimroq. Kelajak texnologiyalarini o‘rganishni esa maktab davridan boshlash zarur.

Drone Edu Train - bu O‘zbekiston maktablariga drone konstruktorlari (kit) sotadigan hamda bolalarga amaliy STEM va robototexnika ta’limini beradigan hardware startapdir.

Mirzobek va uning jamoasini ushbu muhim bosqich hamda katta muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!

Siz hali ham qachon investitsiya olaman deb o‘ylab o‘tiribsizmi?

O‘ylab o‘tirgandan foyda yo‘q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq!

Telegramda ko‘rish →