UzCombinator va Yoshlar Ventures Higgsfield AI bilan global hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Bu degani endi UzCombinator rezidentlari va navbatdagi mavsum founder'lari uchun 90.000 kredit ajratilinadi
Higgsfield AI o'zi nima?
Video, rasm va audio yaratish uchun generativ AI platforma. Bugun Higgsfield 5 milliard dollarlik kompaniya deb baholangan, ya'ni, hozirgi kunda 238 ta davlat va hududda 30 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega, har oy 20 milliondan ortiq kontent generatsiyasi uchun ishlatilinadi, 2026-yil avgustida DST Global rahbarligida 400 million dollar investitsiya jalb qildi
Hamkorlik doirasida startaplarimiz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishadi
- Soul 2.0, ya'ni Higgsfield'ning o'z fotorealistik rasm modeli;
- Veo 3.1 va Kling 3.0 kabi yetakchi video modellar, bitta interfeysda;
- Supercomputer, ya'ni butun kreativ jarayonlarni avtomatlashtiradigan agentli mahsulot;
- 90 000 kredit, taxminan 1 300 dan 2 200 gacha premium video generatsiyasiga teng.
Erta bosqichdagi kompaniya uchun bu butun yillik marketing kontenti, mahsulot demolari, reklama kreativlari va investor materiallari hisoblanadi.
AI davrida g'oyani tez ko'rsata olgan startap yutadi. Shuning uchun biz asoschilarga sarmoya bilan birga eng kuchli kreativ texnologiyalar ga ham yo'l ochamiz.
Bu hamkorlikni yo'lga qo'yganliklari uchun Yoshlar Ventures ga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz!

