UzCombinator
UZ
EN
Yangiliklar

10-sentabr, 2026

UzCombinator × VoiceLab.uz: 2-mavsum rezidentlariga 3 oylik Pro obuna

UzCombinator

UzCombinator × VoiceLab.uz: 2-mavsum rezidentlariga 3 oylik Pro obuna

UzCombinator 1-mavsum ishtirokchisi Otabek Nurmuhammad dastlab Flow loyihasi ustida ish olib borgan edi. Izlanishlar va tajribalar natijasida keyinchalik Aisha startapiga co-founder sifatida qo‘shilib pivot qildi va yakunda bugungi VoiceLab.uz loyihasiga asos solindi.

VoiceLab.uz - sun'iy intellekt yordamida matnlarni tabiiy va sifatli ovozga aylantirish (Text-to-Speech) hamda audio-kontent yaratish platformasi

Bugun esa xushxabar bilan bo‘lishamiz

Ekotizimimizni kengaytirish va startaplarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida UzCombinator x VoiceLab.uz navbatdagi hamkorlikni yo'lga qo'ydi!

Endilikda VoiceLab.uz jamoasi UzCombinator 2-mavsum rezidentlariga 3 oylik Pro obuna taqdim etadi!

Pro obunada asoschilarimiz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishadi:

  • Oylik 1,200,000 kredit
  • Yuqori sifatli AI ovozlar va kengaytirilgan funksiyalar
  • Reklama, video-kontent hamda mahsulot interfeyslarini tezkor va professional ovozlashtirish

UzCombinator 1-mavsum rezidentlarining shunday muvaffaqiyatlarga erishayotganidan faxrlanadi!

Otabek Nurmuhammad va uning jamoasiga kelajakda bundan ham ulkan marralarni zabt etishini tilaymiz!

Telegramda ko‘rish →