UzCombinator
UZ
EN
Yangiliklar

6-oktabr, 2026

Yandex Uzbekistan UzCombinator’ga tashrif buyurdi!

UzCombinator

Yandex Uzbekistan UzCombinator’ga tashrif buyurdi!

Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov UzCombinator’ga tashrif buyurib, startaplar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida O'zbekistonda raqamli ekotizimlarni yanada rivojlantirish, startaplarimiz bilan ham kelgusida yaqindan hamkorliklar yo'lga qo'yish va yosh founder'lar uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda Yandex Uzbekistan mamlakatimizda 15 dan ortiq raqamli xizmatlarni taqdim etib, 1.500 dan ortiq xodimni birlashtirgan.

Shuningdek, 2018-yildan beri O'zbekiston iqtisodiyotiga $300 million dan ortiq investitsiya kiritgan bo'lib, shundan $150 millioni 2025-yilning o'ziga to'g'ri keladi.

Yangi g'oyalar, kuchli hamkorlik va O'zbekiston IT-hamjamiyatini yangi bosqichga olib chiqish yo'lidagi muhim qadamlar boshlandi!

Yandex Uzbekistan UzCombinator’ga tashrif buyurdi!
Yandex Uzbekistan UzCombinator’ga tashrif buyurdi!
Yandex Uzbekistan UzCombinator’ga tashrif buyurdi!
Yandex Uzbekistan UzCombinator’ga tashrif buyurdi!

Telegramda ko‘rish →