Gonkong, Shenjen va Guanchjou - Osiyo bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan startup’lar uchun zo‘r imkoniyat!
IT Park Uzbekistan, Gobi Partners va GUIDE Global-to-GBA dasturini ishga tushirdi. O‘zbekistondan atigi 1-2 ta startup tanlab olinadi.
6 oy ichida siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
- Korporativ hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar
- Bozorga kirish va fundraising bo‘yicha ekspert maslahatlari
- Greater Bay Area’ga 1 haftalik immersiya safari
- Cyberport granti va kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam
Talab:
- Ishlayotgan mahsulot;
- Global bozorga chiqishga tayyor bo‘lish;
| Muddat | Sana |
|---|---|
| Ariza topshirish | 5-iyul |
| Dastur boshlanishi | 13-iyul |

