UzCombinator
UZ
EN
Barcha vakansiyalar

MARKETOLOG

Tashkent · Ofisdabugun joylandiAriza qabul qilinmoqda
  • Ofisda · To‘liq stavka
  • Marketing

Vakansiya haqida

Vazifalar

  • Marketing sohasida amaliy tajriba;
  • Marketing strategiyasi va reklama instrumentlarini tushunish;
  • Tahliliy va kreativ fikrlash;
  • Raqamlar va marketing ko‘rsatkichlari bilan ishlay olish;
  • Vazifalarni mustaqil rejalashtirish va o‘z vaqtida bajarish;
  • Natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish;
  • Tez rivojlanayotgan startup muhitida ishlashga tayyorlik.
  • Biz nimaga alohida e’tibor beramiz?
  • Nomzodning shunchaki “marketing bilan shug‘ullanganman” yoki “kampaniyalarni yuritganman” degan tajribasi biz uchun yetarli emas. Nomzod o‘z faoliyati davomida erishgan aniq va o‘lchanadigan marketing natijalarini ko‘rsata olishi kerak.
  • Suhbat davomida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniq ma’lumot bera olishi muhim:
  • Qaysi marketing loyihalari yoki kampaniyalarni mustaqil boshqargan?
  • Qanday marketing KPIlari uchun javobgar bo‘lgan?
  • Oylik yoki kampaniya budjeti qancha bo‘lgan?
  • Reklama kampaniyalari natijasida Reach, Lead, Traffic, Conversion yoki boshqa asosiy ko‘rsatkichlar qanday o‘zgargan?
  • Yangi auditoriyani qanday jalb qilgan va auditoriya o‘sishi qanday natija bergan?
  • Marketing kanallarining samaradorligini qanday oshirgan?
  • Qaysi marketing instrumentlari orqali kompaniya yoki mahsulot natijasini yaxshilagan?
  • Natijasi past bo‘lgan kampaniya yoki kanal bilan qanday ishlagan?
  • Marketing ko‘rsatkichlari pasaygan vaziyatda qanday choralar ko‘rgan?
  • O‘z faoliyati davomida erishgan eng muhim marketing natijasi nima?
  • Biz izlayotgan Marketolog
  • Bizga faqat topshiriqni bajaradigan Marketolog emas, balki marketing vazifasini biznes natijasiga aylantira oladigan, raqamlar bilan ishlaydigan, muammolarni mustaqil hal qiladigan va natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan mutaxassis kerak.
  • Marketolog nafaqat kontent yoki reklama jarayonlarida ishtirok etishi, balki marketing kampaniyalarining samaradorligi, auditoriya o‘sishi, leadlar, konversiya va belgilangan KPIlar bajarilishi uchun bevosita javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak.
  • Muhim:
  • Fiks oylik maosh suxbat asosida kelishilinadi + KPI;
  • KPI natijalariga qarab qo‘shimcha daromad olish imkoniyati;
  • Kompaniyaning ichki motivatsion nominatsiyalarida qatnashish va qo‘shimcha bonuslar olish imkoniyati;
  • Professional bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ichki treninglar va ta’lim imkoniyatlari;
  • Jamoa ichida tajriba almashish va yangi bilimlarni o‘rganish imkoniyati;
  • Natijaga qarab lavozim va daromad o‘sishi uchun real imkoniyat;
  • Tez rivojlanayotgan startup kompaniyada zamonaviy ish muhiti;
  • Yangi marketing g‘oyalari va tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyati;
  • Keshbek yo‘nalishini rivojlantirish, auditoriyani jalb qilish va marketing orqali o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
  • Kuchli natija ko‘rsatadigan xodimlar uchun karyera rivojlanishi va mas’uliyat doirasini kengaytirish imkoniyati.
  • Muhim
  • Ushbu lavozimda xodimdan marketing vazifalarini mustaqil rejalashtirish, marketing kampaniyalarini tashkil etish, yangi auditoriyani jalb qilish, natijalarni tahlil qilish va belgilangan marketing KPIlariga erishish kutiladi.
  • Agar siz marketing sohasida yetarli amaliy tajribaga ega bo‘lsangiz, raqamlar va analitika asosida ishlay olsangiz, marketing kampaniyalarini natijaga yo‘naltira olsangiz hamda tashabbus ko‘rsatishga tayyor bo‘lsangiz, sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.
  • Shuningdek, tez rivojlanayotgan startup muhitida ishlash, yangi marketing jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, keshbek yo‘nalishini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy etish va kompaniya bilan birga professional rivojlanishga tayyor bo‘lishingiz biz uchun muhim.
  • Agar yuqoridagi talablar sizga mos kelsa, rezyumengizni yuboring. Biz siz bilan bog‘lanamiz.

Talablar

  • Marketing strategiyasi va oylik marketing rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Marketing kampaniyalari va reklama loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish;
  • Bozor, raqobatchilar va maqsadli auditoriyani tahlil qilish;
  • Marketing kanallari samaradorligini monitoring va tahlil qilish;
  • Keshbek yo‘nalishini targ‘ib qilish, yangi auditoriyani jalb qilish va rivojlantirish bo‘yicha marketing loyihalarini amalga oshirish;
  • Reklama va marketing materiallari bo‘yicha topshiriqlarni shakllantirish va nazorat qilish;
  • Marketing natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
  • Marketing KPI ko‘rsatkichlariga erishish ustida ishlash.

O‘xshash vakansiyalar

BRAND FACE UCHUN KASTING E’LON QILADI
MoomkinTashkent · OfisdaTo‘liq stavka
bugunBatafsil
Kontent menejer (SMM)
UzCombinatorToshkent · GibridTo‘liq stavka · Middle$500 – $800 / oy
3 kun oldinBatafsil