UzCombinator
UZ
EN
Yangiliklar

12-iyul, 2026

KO'P BERILAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

UzCombinator

KO'P BERILAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Keling bugun 2-mavsumga ariza topshirmoqchi bo'lgan obunachilarimizdan kelayotgan savollarga javob beramiz

Dastur online bo'ladimi?

Yo'q, dastur 45 kun davomida Toshkent shahrida offline o'tkaziladi.

Qabul rasman ochilishidan oldin ariza topshirgandim, yana topshirishim kerakmi?

Yo'q, agar avval topshirib bo'lgan bo'lsangiz, shuning o'zi yetarli.

Oilaviy topshirmoqchiydik, yoshim 40 da va farzandimning yoshi 13 da.

Bo'ladi! Bizda yosh chegarasi yo'q, hattoki o'tgan mavsumda 12 yoshli ishtirokchimiz ham bo'lgan.

2-mavsum qanday bo'ladi?

Bu haqida alohida postda UzCombinator'ning 45 kunlik akseleratsion dasturida nimalar bo'lishi va 2-mavsumdagi o'zgarishlar haqida to'liq ma'lumot berganmiz.

Javoblar qachon e'lon qilinadi?

Javoblar shu yerda e'lon qilinadi. Shuning uchun kanalimizni "pin" qilib doimiy kuzatib turing!

Telegramda ko‘rish →