UzCombinator 2-mavsum asoschilarimi allaqachon birinchi investitsiyalarni jalb qilishni boshlashdi. Ushbu yangilikning birinchi qahramoni - Abdulloh Masaidov!
Occlum startapi asoschisi Abdulloh Masaidov United Ventures fondidan $40,000 miqdorida investitsiya jalb qildi!
Bugungi kunda ko‘plab xodimlar va kompaniyalar kundalik ishida AI vositalaridan (ChatGPT, Claude va h.k.) foydalanishmoqda. Ammo eng katta xavf - mahfiy va konfidentsial ma’lumotlar: moliya ko‘rsatkichlari, mijozlar ismi, ichki API kalitlarlarning neyrotarmog‘ga sizib chiqishidir.
Occlum - bu xodim va sun’iy intellekt (AI) o‘rtasidagi xavfsiz qalqon.
Occlum qanday ishlaydi?
- Avtomatik shifrlash: So‘rov AI’ga yuborilishidan oldin kompaniyaning maxfiy ma’lumotlarini avtomatik yashiradi/shifrlaydi.
- Natijani qaytarish: AI javob qaytargach, asl ma’lumotlarni qayta tiklab beradi.
- To‘liq nazorat: Kompaniya o‘z ma’lumotlari xavfsizligini 100% nazorat qiladi va AI’dan havotirsiz foydalanishda davom etadi.
Abdulloh va uning jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz!
Siz hali ham qachon investitsiya olaman deb o‘ylab o‘tiribsizmi?
O‘ylab o‘tirgandan foyda yo‘q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq!

