UzCombinator 1-mavsum potfelidagi Moomkin startapi o‘z faoliyatida yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda.
230 000 martadan ortiq yuklab olingan ilova cashback xizmatini yanada rivojlantirish va foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etishga tayyorlanmoqda.
Moomkin - cashback, chegirma va promokodlarni birlashtiruvchi foydali takliflar ekotizimi. Platforma xaridorlarga xarid uchun sarflagan mablag‘ining bir qismini qaytarib olish, hamkor bizneslarga esa yangi mijozlarni jalb qilish imkonini beradi.
Cashback qanday ishlaydi?
Moomkin orqali cashback olish jarayoni juda oddiy:
- Ilovadan o‘zingizga mos taklifni topasiz.
- Hamkor biznesga borib, mahsulot yoki xizmatni xarid qilasiz.
- Kassadagi Moomkin QR orqali to‘lovni amalga oshirasiz.
- Cashback hisobingizga tushadi va uni bank kartangizga yechib olishingiz mumkin.
Bu model xaridorlar uchun xaridlarni yanada manfaatli qilish bilan birga, bizneslarga ham o‘z auditoriyasini kengaytirish imkonini beradi. Hamkor bizneslar esa faqat amalga oshgan tranzaksiyalar uchun to‘lov qiladi.
Moomkin'ning keyingi maqsadi
Loyiha jamoasi cashback'ni bir martalik aksiya emas, balki xaridorlarning kundalik odatiga aylantirishni maqsad qilgan. Shu sababli hamkor bizneslar tarmog‘ini kengaytirish va xizmatdan foydalanishni yanada qulaylashtirish ustida ishlamoqda.
«Maqsadimiz - O‘zbekistonda keshbekni bir martalik aksiyadan kundalik odatga aylantirish. Buning uchun hamkor bizneslar tarmog‘ini kengaytirib, keshbekdan foydalanishni xaridorlar uchun yanada qulay va ommabop qilish ustida ishlayapmiz», - deydi Moomkin asoschisi Jasurbek Hakimov.
Moomkin haqida
Moomkin bugungi kunga qadar 230 000 martadan ortiq yuklab olingan. Loyiha o‘zining investitsiya bosqichlarida ham muayyan natijalarga erishgan:
- Birinchi raundda $140 000 investitsiya jalb qilgan.
- Ikkinchi raundda $350 000 miqdorida investitsiya taklifini olgan.
2026-yil sentabr oyida Moomkin asoschisi Jasurbek Hakimov loyihani Prezident Shavkat Mirziyoyevga shaxsan taqdim etgan.
Hozirda jamoa cashback xizmatining yangi bosqichini ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Yangi imkoniyatlar va ishga tushish sanasi yaqin orada e'lon qilinadi.
Moomkin bilan tanishing:
- Rasmiy sayt: moomkin.uz
- Instagram: @moomkin.uz
- Telegram: @moomkinuz

