Xo'sh, keling ochig'ini aytamiz, bunday raqamlarni biz ham kutmagandik
Jami 3 583 kishi ariza topshirdi. Bu 1-mavsumga qaraganda 2,46 barobar ko‘p.
Matematikani his qilib ko'ring: bir o'ringa 119,4 kishi to'g'ri keladi. Ya'ni qabul qilinish ehtimolligi atigi 0,84%
UzCombinatorga qabul qilinish Harvardga kirishdan qiyinroq bo'lib ketdimi deyman a?
Bundan tashqari bizda yana quyidagi qiziqarli statistikalar mavjud:
- Eng faol yosh toifasi - 18-21 yosh (38,4%)
- 10 ta xalqaro davlatdan ham 45 ta asoschilar ariza topshirdi
- Startaplarning 41% allaqachon MVP bosqichida
- Eng ko'p yo'nalish - AI (21%) va Edtech (20%)
- Mahsulot turi bo'yicha yetakchi - SaaS (22%) va Mobile App (21%)
Va eng qizig'i ariza topshirganlar orasida 202 ta startapning o'z firmasi bor, 42 ta startap esa allaqachon investitsiya yoki commitment olgan
Bu shunchaki raqamlar emas. Bu O'zbekistonda startaplar qanchaki rivojlanayotganining isboti!
Natijalar qachon chiqadi degan savolga esa tez orada javob beramiz :)
Hozircha kanalni kuzatishda davom eting!










