UzCombinator
UZ
EN
Yangiliklar

31-dekabr, 2025

Sizning hayajoningizga sherikmiz.

UzCombinator

Sizning hayajoningizga sherikmiz.

2026-yil eshik qoqayotgan va barcha asoschilar UzCombinator javoblarini kutayotgan vaqt.

Biz haqiqatda boshlagan harakatimizdan va uning natijasidan hayajondamiz. Shuncha Startap asoschilari borligini, g‘oyalar turfa xilligi, asoschilarning energiyasi bizni bitta mavsumga qabul qilish fikrimizni o‘zgartira oldi.

Birinchi mavsum asoschilari aniq, lekin UzCombinator barcha asoschilarga dasturlar, avvalgidek bitta 45 kunlik intensiv emas, balki bir nechta bo‘lishini ma’lum qiladi.

30 ana boringki 60 ta asoschini qabul qilish cheklov emas!

Ha, tushunganingizdek, 31-dekabr kuni javoblarni e’lon qilmaymiz. Sababi oddiy: ma’suliyatli qarorlar, 1453 ta arizalar saralash jarayoni uchun ko‘proq diqqat, muloqot va muhokamalar talab qiladi.

Biz allaqachon barcha ariza yuborganlar uchun dasturlar ishlab chiqishni boshladik.

Xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

Telegramda ko‘rish →