UzCombinator
UZ
EN
Yangiliklar

18-sentabr, 2026

O'zbekistonda 73 mlrd ustav kapitaliga ega Agro Ventures tashkil etildi

UzCombinator

O'zbekistonda 73 mlrd ustav kapitaliga ega Agro Ventures tashkil etildi

O‘zbekiston agrosektorida innovatsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yangi muhim qadam tashlandi. Agrobank 100% ulushga ega bo‘lgan va ustav kapitali 73 milliard so‘mni tashkil etuvchi Agro Ventures kompaniyasiga asos soldi.

Kompaniya rahbarligiga tajribali mutaxassis, 2022-yildan beri Agrobank da investitsiyalar bo‘yicha direktor hamda 2026-yildan Aloqa Ventures’da Principal bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan Mirolim Abdullayev tayinlandi.

Agro Ventures endilikda asosiy e’tiborini quyidagilarga qaratadi:

  • Agrotex poydevorini shakllantirish uchun akselerator va inkubator dasturlarini yo‘lga qo‘yish
  • Qishloq xo‘jaligida texnologik yechimlarni rivojlantirish bo‘yicha xakatonlar o‘tkazish
  • Istiqbolli agrotex startaplar hamda innovatsion g‘oyalar uchun grant dasturlarini joriy etish va ularni moliyalashtirish

Ekotizimimizdagi agrotex yo‘nalishida ishlayotgan barcha loyihalar va startaplar uchun bu ulkan imkoniyat eshigidir.

Agrotex yo‘nalishida startapingiz bormi yoki g‘oyangizni venchur investitsiya darajasiga olib chiqmoqchimisiz?

Hoziroq UzCombinator 3-mavsumga ariza topshiring va shunday yirik fondlar e’tiborini qozonib, loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqing!

Telegramda ko‘rish →