UzCombinator akseleratori
Demo Day
45 kunlik akseleratsiyaning eng muhim kuni. Asoschilar sahnaga chiqadi, investorlar bilan suhbatlar esa shu kunning o‘zida boshlanadi.
45 kunlik mehnat, bitta sahna
UzCombinator'ga qabul qilingan asoschilar 45 kun davomida mentorlar va trekerlar bilan yonma-yon ishlaydi: mahsulotni sinaydi, birinchi mijozlarini topadi, raqamlarini o‘stiradi.
Demo Day shu yo‘lning yakuniy sahnasi. Har bir asoschi startapini venchur fondlar va angel investorlar oldida taqdim etadi. Kimdir uchun bu birinchi investitsiya, hamma uchun esa katta qadam.
022-mavsum · 23-oktabr, 2026
Ikki barobar katta natija
Ikkinchi Demo Day Founders Cafe'da bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev ochib berdi, sahnada yana Teacher A'zam. 23 asoschi investorlar oldiga chiqdi va natija birinchi mavsumdan 2.2 barobar oshdi. Core AI $800 000 bilan eng yirik chek rekordini yangiladi: o‘tgan mavsumda bu ko‘rsatkich $150 000 edi.
- 15:00Alisher Sa'dullayev Demo Day'ni ochib berdi
- SahnadaUzCombinator asoschilari ikki mavsum natijalari va xulosalari bilan bo‘lishdi
- Birinchi pitchTimePay boshlab berdi, ortidan yana 22 asoschi chiqdi
- NatijaDemo Day kuni $2 075 000, undan oldin $80 000: 17 startap jami $2 155 000 jalb qildi
011-mavsum · 17-mart, 2026
Birinchi sahna
UzCombinator tarixidagi birinchi Demo Day. 45 kunlik yo‘ldan so‘ng asoschilar ilk bor investorlar oldiga chiqdi, sahnani Teacher A'zam boshqardi. Kun yakunida 29 startapdan 16 tasi jami $960 000 soft commitment oldi. Eng katta chek, $150 000, Business Robots AI'ga tegdi.
- 14-mart«Yorvoraman»: Demo Day oldidan Azizbek Kurbonov bilan pitch workshop
- 17-martDemo Day: 16 startap $960 000 soft commitment oldi
- O‘sha oqshomY Combinator'ga qabul qilingan ilk o‘zbek asoschi Sardor Rahmatullaev asoschilarimiz bilan iftorda uchrashdi
- 26-martAloqa Ventures uchrashuvida Fonus Kids va Oqim AI ham soft commitment oldi
Investorlar
2-mavsum Demo Day'ida asoschilarimizga ishonch bildirgan investorlar.
- 01Yoshlar Ventures$1 080 000
- 02Angel investorlar$450 000
- 03Aloqa Ventures$300 000
- 04SQB Ventures$200 000
- 05Agro Ventures$45 000
- 06United Ventures$40 000
- 07Nexus Club$25 000
Demo Day'dan lavhalar
3-mavsum
Keyingi sahna sizniki
Ikki mavsumda 5 000+ ariza keldi, 62 asoschi akseleratsiyaga qabul qilindi va ular Demo Day'larda jami $3 115 000 investitsiya jalb qildi. 3-mavsum Demo Day'ida sahnaga chiqadiganlar hozir tanlanmoqda.
- 45 kun bepul akseleratsiya: mentorlar va trekerlar
- Zamonaviy texnikaga ega qulay ofis
- $1 000 stipendiya va kuniga 3 mahal ovqat
- $60 000+ qiymatdagi hamkor imtiyozlari: tokenlar va bepul xizmatlar
- Demo Day'da investorlardan investitsiya olish imkoniyati
Ariza: 10-noyabr 2026, 23:59 gacha13 kun qoldi
Ariza topshirish












































































