UzCombinator
Blog

September 11, 20261 min read

AloqaVentures Partneri Davron Parmonov UzCombinator'da

Bugun asoschilarimiz uchun UzCombinator’da navbatdagi qizg‘in va foydali master-klass bo‘lib o‘tdi. Mehmonimiz - tajribali mutaxassis Davron Parmonov…

by UzCombinator

AloqaVentures Partneri Davron Parmonov UzCombinator'da

Bugun asoschilarimiz uchun UzCombinator’da navbatdagi qizg‘in va foydali master-klass bo‘lib o‘tdi.

Mehmonimiz - tajribali mutaxassis Davron Parmonov startaplarni moliyalashtirish, investitsiya jalb qilish va investorlar bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish sirlari bilan bo‘lishdilar

Sessiyada davomida quyidagi 4 ta yo‘nalish bo'yicha muzokaralar olib borildi:

Valuation (Kompaniyani baholash): Startapning g‘oya va dastlabki bosqichdagi haqiqiy qiymatini qanday belgilash kerak? Bozor hajmi, jamoa va ilk ko‘rsatkichlar (traction) baholashga qanday ta'sir qiladi?

Due Diligence (Investorlar tekshiruvi): Investorlar pul tikishdan oldin startapning yuridik, moliyaviy va texnik holatini qanday audit qiladi? Bu jarayondan muammosiz o‘tish uchun qaysi hujjatlar tayyor bo‘lishi shart?

Funding Rounds (Rundlar ketma-ketligi): Pre-seed va Seed’dan boshlab Series A, B bosqichlarigacha bo‘lgan yo‘l. Har bir rundda kimdan va qancha investitsiya so‘raladi?

Investitsiyaga tayyorgarlik: Pitch deck tayyorlash, cap table’ni to‘g‘ri shakllantirish va investorlar oldida uchraydigan asosiy xatolardan qochish usullari.

#UzCombinator #StartupInvestment #AloqaBank #StartupsUzbekistan

Sizningcha, ilk bosqichdagi startap uchun eng qiyini qaysi biri: kompaniyani baholashmi yoki due diligence’dan o‘tish?

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Telegramda ko‘rish →