Kuni kecha Huawei Uzbekistan’ning Cloud Solutions bo‘limi va UzCombinator o‘rtasida juda muhim va samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida startaplar va tashkilotlar uchun eng zamonaviy va masshtablanuvchan (scalable) infratuzilmalarni barpo etish imkoniyatlarini muhokama qildik
** Bundan tashqari quyidagi yo'nalishlarda muhim muzokaralar olib borildi:**
-
AI compute & Token xizmatlari: Sun’iy intellekt loyihalarini tezkor o‘qitish hamda token-based xizmatlarni qulay integratsiya qilish.
-
Virtual Mashinalar va Serverless: Resurslarni samarali boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish va tezkor quvvat ajratish.
-
Resilient Infratuzilma: Katta miqdordagi foydalanuvchilar oqimiga va kutilmagan yuklamalarga chidamli tizimlar qurish.
Huawei Cloud taklif etayotgan ushbu texnologiyalar mahalliy startaplar va rivojlanayotgan loyihalarga xalqaro standartlar darajasida tezlashish imkonini beradi. Oldinda bizni ko‘plab texnik imkoniyatlar va yangi bosqichlar kutmoqda!

