UzCombinator
Blog

15-sentabr, 20261 daqiqa

19 yoshli founder bolalarga yaxshi odatlarni o‘rgatuvchi yangi ilova yaratdi!

Ota-ona sifatida har kuni "Tishingni yuvdingmi?", "Uyingni yig‘ishtir!", "Uy vazifangni qachon qilasan?" deb eslatishdan charchadingizmi? Bir-ikki kun…

UzCombinator

19 yoshli founder bolalarga yaxshi odatlarni o‘rgatuvchi yangi ilova yaratdi!

Ota-ona sifatida har kuni "Tishingni yuvdingmi?", "Uyingni yig‘ishtir!", "Uy vazifangni qachon qilasan?" deb eslatishdan charchadingizmi? Bir-ikki kun hammasi yaxshi ketadi-yu, keyin yana o‘sha eski holat… Bolaning o‘zi xohlab bajaradigan tizim esa deyarli yo‘q.

UzCombinator 2-mavsum ishtirokchisi 19 yoshli Abdullox aynan shu muammoga zamonaviy yechim siftida HabitKid ilovasini yaratdi!

HabitKid nima va u qanday ishlaydi?

HabitKid bu 5-10 yoshli bolalar uchun kundalik vazifalarni qiziqarli o‘yinga aylantiradigan mobil ilova bo'lib, ota-onalar va bolalar undan quyidagicha foydalanishadi:

Vazifa berish: Ota-ona bola bajarishi kerak bo‘lgan ishni belgilaydi.
Ota-ona ovozi: Vazifaga o‘z ovozingizda topshiriq va eslatmalarni qo‘shishingiz mumkin.
Coin yig‘ish: Bola vazifani qunt bilan bajarsa, coin’lar yutib oladi.
Mukofot: Yig‘ilgan coin’larni ota-ona belgilagan real mukofotlarga almashtiradi!

Farzandingizni majburlamasdan, o‘yin orqali foydali odatlarni shakllantirishni istasangiz, ilovani hoziroq sinab ko‘ring!

Siz hali ham qachon UzCombinatorga topshiraman deb o'ylab o'tiribsizmi?

O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq!

Telegramda ko‘rish →