UzCombinator 1-mavsum ishtirokchisi Otabek Nurmuhammad dastlab Flow loyihasi ustida ish olib borgan edi. Izlanishlar va tajribalar natijasida keyinchalik Aisha startapiga co-founder sifatida qo‘shilib pivot qildi va yakunda bugungi VoiceLab.uz loyihasiga asos solindi.
VoiceLab.uz - sun'iy intellekt yordamida matnlarni tabiiy va sifatli ovozga aylantirish (Text-to-Speech) hamda audio-kontent yaratish platformasi
Bugun esa xushxabar bilan bo‘lishamiz
Ekotizimimizni kengaytirish va startaplarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida UzCombinator x VoiceLab.uz navbatdagi hamkorlikni yo'lga qo'ydi!
Endilikda VoiceLab.uz jamoasi UzCombinator 2-mavsum rezidentlariga 3 oylik Pro obuna taqdim etadi!
** Pro obunada asoschilarimiz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishadi:**
• Oylik 1,200,000 kredit
• Yuqori sifatli AI ovozlar va kengaytirilgan funksiyalar
• Reklama, video-kontent hamda mahsulot interfeyslarini tezkor va professional ovozlashtirish
UzCombinator 1-mavsum rezidentlarining shunday muvaffaqiyatlarga erishayotganidan faxrlanadi!
Otabek Nurmuhammad va uning jamoasiga kelajakda bundan ham ulkan marralarni zabt etishini tilaymiz!

