Lyft, Wayfair kabi milliard dollarlik startaplarni dunyoga keltirgan universitet endi UzCombinatorda!
AQShning eng nufuzli universitetlaridan biri Cornell SC Johnson College of Business’ dan 3 nafar professorlar aynan UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilariga dars berish uchun Amerikadan kelmoqda!
Tasavvur qilyapsizmi? Endi siz Cornell Universitetida o‘qish uchun yiliga $100,000 sarflashingiz kerak emas. Endi ushbu bilimlarni UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari bepulga o‘rganishadi.
Dastur davomida asoschilarimiz quyidagilarga ega bo‘lishadi:
- Xalqaro professorlar bilan yuzma-yuz uchrashuv
- Startapingiz uchun 1 ga 1 shaxsiy feedback
- Startapni global standartlarda qurish bilimlari
- Global fikrlash va bozorni kengaytirish strategiyalari
- Asoschi sifatida strategik qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari
Bu O‘zbekiston startap ekotizimi uchun kamdan-kam uchraydigan imkoniyat! UzCombinator esa aynan shunday global darajadagi imkoniyatlarni yaratishda davom etadi.
Professorlarimiz bilan esa tez orada yaqindan tanishamiz, shuning uchun kanalni doimiy kuzatib boring!

