UzCombinator
Blog

September 8, 20261 min read

UzCombinator x Sarbon Universiteti

Kuni kecha UzCombinator jamoasi Sarbon Universiteti vakillari bilan muhim hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi. Muzokaralarning bosh maqsadi Sarbon…

by UzCombinator

UzCombinator x Sarbon Universiteti

Kuni kecha UzCombinator jamoasi Sarbon Universiteti vakillari bilan muhim hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Muzokaralarning bosh maqsadi Sarbon Universitetdagi iqtidorli talabalar uchun Inkubatsiya va Akseleratsiya dasturini yo‘lga qo‘yish hamda oliygohda haqiqiy startap muhitini shakllantirishdir

** Ushbu hamkorlikdan nimani maqsad qilganmiz?**

Startap ekotizimini rivojlantirish: Universitet ichida innovatsion va startap muhitini jonlantirish;

Yangi asoschilarni kashf qilish: Kuchli g‘oya va salohiyatga ega talabalarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;

Amaldagi loyihalarni tezlashtirish: Mavjud startaplarning o‘sishini jadallashtirish, ularga mentorlik va resurslar taqdim etish.

Tez orada Sarbon Universiteti talabalari uchun amaliy imkoniyatlar va dasturga qabul e'lon qilinadi. Dastur tafsilotlarini o‘tkazib yubormaslik uchun kanallalarimizni kuzatib boring!

Telegramda ko‘rish →