Biz 2-mavsum ishtirokchilari maksimal darajada qulay va samarali muhitda ishlashini xohlaymiz.
Shu sababli, rasmiy hamkorlarimiz ro'yxatiga dunyoning yetakchi CRM va marketing platformasi, HubSpot ham qo'shildi!
2-mavsumda qatnashadigan startaplarimiz:
• HubSpot dasturiy ta'minotidan (CRM, Marketing, Sales va boshqa xizmatlar) 90% chegirma bilan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi
• 500 dan ortiq dastur va xizmatlar bilan integratsiya imkoniyatiga ega bo'lishadi
• HubSpot ekspertlaridan maxsus ta'lim materiallari, masterclass va shablonlardan bepul foydalanishadi
Bu esa startapingiz uchun sezilarli darajada mablag' tejash bilan birga, mijozlar bazasi va sotuvlarni professional darajada boshqarish imkonini beradi!

