UzCombinator
Blog

September 9, 20261 min read

Startapingizga rostdan ham "Top of Mind" darajasidagi marketing kerakmi?

Bugun asoschilarimiz bilan navbatdagi amaliy va jonli sessiyamiz bo‘lib o‘tdi! Bu safar Marketingda 12 yillik tajribaga ega ekspert, 605 Kreativ Agentligi…

by UzCombinator

Startapingizga rostdan ham "Top of Mind" darajasidagi marketing kerakmi?

Bugun asoschilarimiz bilan navbatdagi amaliy va jonli sessiyamiz bo‘lib o‘tdi!

Bu safar Marketingda 12 yillik tajribaga ega ekspert, 605 Kreativ Agentligi hammuassisi va Milliy Marketing Qo'mitasi raisi - Otabek Sharapov bilan birgalikda startaplar uchun eng og'riqli va dolzarb mavzulardan biri **“Startaplar uchun marketing”**ni tahlil qildik

Sessiya davomida shunchaki nazariya emas, balki real Keyslar va amaliy cheat-sheet'lar asosida quyidagi muhim nuqtalarga to'xtaldik:

Top of Mind bo'lish: Mijozning xayolida birinchi bo'lish qoidasi va nima uchun vaqtinchalik chegirmalardan ko'ra uzoq muddatli kuchli brend qurish muhimligi.

Reklamaning oltin qoidalari: Local madaniyatni tushunish, mijoz psixologiyasi va noodatiy kreativ yechimlar orqali bozordan ajralib turish san'ati.

Aqlli byudjetlash (60/40 rule): Marketing kanallarini to'g'ri tanlash hamda startap resurslarini eng yuqori ROI beruvchi nuqtalarga taqsimlash.

Asoschilarimiz o'zlarining joriy marketing strategiyalarini qayta ko'rib chiqib, brending va kommunikatsiyaga bo'lgan qarashlarini butunlay o'zgartirishdi

Qimmatli keyslar va amaliy tajriba uchun spikerimizga minnatdorchilik bildiramiz!

Telegramda ko‘rish →