Yoshlar Ventures kanalidan.
Bugun 2002-yilda tashkil topgan, boshqaruvi ostida 2 milliard dollar aktivga ega bo‘lgan nufuzli Gobi Partners venchur fondi vakillari Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar Yoshlar Ventures, UzCombinator, Sherdor Games hamda Yoshlar ishlari agentligining qolgan loyihalari bilan atroflicha tanishib chiqdilar.
Portfelida 420 dan ortiq startap, 8 ta “unicorn” bo‘lgan xalqaro investorlar O‘zbekistondagi startap ekotizimi va mavjud imkoniyatlarni yuqori baholashdi.
Eng muhimi fond vakillari Markaziy Osiyoda o‘z ofisini ochish va mahalliy istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash istagini bildirishdi.
Global venchur bozorining xalqaro ekspertlari bilan hamkorligimiz qizg‘in davom etmoqda! Oldinda mahalliy startaplarni xalqaro maydonga olib chiqadigan yangi imkoniyatlar va uchrashuvlar kutmoqda.
Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz









