UzCombinator
Blog

September 1, 20261 min read

Milebit - AQSh truck haydovchilari uchun bitta super-app

AQShda 3.5 milliondan ortiq truck haydovchilari har kuni navigatsiya, yoqilg'i narxlari va ob-havoni kuzatish uchun kamida 7 xil ilovadan alohida…

by UzCombinator

Milebit - AQSh truck haydovchilari uchun bitta super-app

AQShda 3.5 milliondan ortiq truck haydovchilari har kuni navigatsiya, yoqilg'i narxlari va ob-havoni kuzatish uchun kamida 7 xil ilovadan alohida foydalanishadi. Natijada:

• Standart navigatsiyalar yuk mashinasining balandligini inobatga olmaydi
• Shtatlararo yoqilg'i narxi $4.00 dan $7.45 gacha farq qiladi
• Bitta noto'g'ri qaror haftalik foydani yo'qqa chiqarishi mumkin
Milebit esa logistika va marshrut zanjirini bitta ilovaga birlashtiradi:

- Sun'iy intellekt va Marshrut: Buyurtma, navigatsiya va yoqilg'i to'xtash joylarini birlashtiradi. AI eng tezkor, eng arzon va eng xavfsiz 3 ta marshrut variantini taklif qiladi.

- Katta tejamkorlik: Yoqilg'ini to'g'ri joydan quyish orqali bitta to'xtashda $67, yiliga esa $5,000+ tejaladi (yillik obuna narxi bor-yo'g'i $486).

- Til to'sig'isiz: Hujjat muddatlari, yo'ldagi xavflar va ovozli xonalar haydovchining o'z tilida taqdim etiladi.

Agarda siz ham logistika sohasida faoliyat yuritsangiz Milebit’ning beta-versiyasida birinchilardan bo'lib foydalanish uchun waitlist'ga yoziling!

Telegramda ko‘rish →