Keling bugun 2-mavsumga ariza topshirmoqchi bo'lgan obunachilarimizdan kelayotgan savollarga javob beramiz
Dastur online bo'ladimi?
• Yo'q, dastur 45 kun davomida Toshkent shahrida offline o'tkaziladi.
Qabul rasman ochilishidan oldin ariza topshirgandim, yana topshirishim kerakmi?
• Yo'q, agar avval topshirib bo'lgan bo'lsangiz, shuning o'zi yetarli.
Oilaviy topshirmoqchiydik, yoshim 40 da va farzandimning yoshi 13 da.
• Bo'ladi! Bizda yosh chegarasi yo'q, hattoki o'tgan mavsumda 12 yoshli ishtirokchimiz ham bo'lgan.
2-mavsum qanday bo'ladi?
• Bu haqida alohida postda UzCombinator'ning 45 kunlik akseleratsion dasturida nimalar bo'lishi va 2-mavsumdagi o'zgarishlar haqida to'liq ma'lumot berganmiz.
Javoblar qachon e'lon qilinadi?
• Javoblar shu yerda e'lon qilinadi. Shuning uchun kanalimizni "pin" qilib doimiy kuzatib turing!

