UzCombinator rezidentlaridan biri - Fonus Kids - Hult Prize musobaqasining O‘zbekiston bosqichida g‘olib bo‘lib, online bosqichiga yo‘l oldi.
Hult Prize - bu butun dunyo bo‘ylab universitet talabalarini startap orqali dolzarb ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishga chorlaydigan global tanlov. Ko‘pincha “Talabalar uchun Nobel mukofoti” deb ta’riflanadigan ushbu tanlov har yili g‘olib jamoaga 1 million dollar miqdorida startap uchun moliyalashtirish mukofotini taqdim etadi .Musobaqaning final bosqichi Londonda bo'lib o'tadi.
Ularni tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ham muvaffaqiyat qozonib, $1 000 000 grandni qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz.


